Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
152
javrashda davom etdi Korovyov, — nainki beshinchi o‘lchov nazariyasidan, balki, umuman hech 
vaqodan xabari bo‘lmagan, ammo shunga qaramay, o‘z kvartiralarini kengaytirish borasida eng 
barkamol mo‘‘jizalar yaratgan odamlarni bilaman. Chunonchi, menga hikoya qilib berishgan edi, 
shaharlik bir kishi Zemlyanoy valda uch xonali kvartira olib, hech qanday beshinchi o‘lchov nazariyasi 
va o‘zga esni og‘dirib qo‘yuvchi nayranglarsiz, hash-pash deguncha, kvartirasini to‘rt xonali qilgan — 
xonalardan birining o‘rtasidan devor olib. 
Keyin uni Moskvaning boshqa-boshqa rayonidagi ikkita alohida (biri — uch, ikkinchisi — ikki 
xonali) kvartiraga ayirboshlagan. Mana sizga — beshta xona. Keyin o‘sha uch xonali kvartirasini 
ikkita ikki xonaliga almashtirib, o‘zingiz ko‘rib turibsizki, olti xonaga ega bo‘lgan. Shunda u, 
Moskvaning turli rayonlaridagi olti xonadan iborat o‘sha kvartiralarini Zemlyanoy valdagi bitta besh 
xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgani haqida gazetaga e’lon berib, eng oxirgi va eng g‘aroyib 
nayrang qilmoqchi bo‘lib turganida, birdan bu faoliyati unga daxldor bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, 
taqqa to‘xtab qolgan. To‘g‘ri, hozir ham u biron-bir xonaga joylashgan, albatta, lekin sizni ishontirib 
aytamanki, u xona Moskvadan tashqarida bo‘lishi kerak. Ko‘rdingizmi, qanaqa olg‘irlar bor, siz 
bo‘lsangiz beshinchi o‘lchovni gapirib o‘tiribsiz. 
Beshinchi o‘lchov haqida gap ochgan Margarita emas, Korovyovning o‘zi edi, shunga qaramay, 
Margarita kvartira almashtiruvchi ucharning sarguzashtlarini eshitib, sho‘x kulib yubordi. Korovyov 
davom etdi: 
— Maqsadga o‘taylik, Margarita Nikolaevna. Siz g‘oyat oqila ayolsiz, shunga ko‘ra, sohibimizning 
kimligini fahmlagan bo‘lishingiz kerak. 
Margaritaning yuragi «shuv» etib ketdi, u indamay bosh irg‘atdi. 
— Ana, tushunibsiz, — dedi Korovyov, — biz har qanday chala-yarim, mavhum gaplarga 
qarshimiz. Sirasi, messir har yili bir marta bal beradilar. U bahorgi to‘linoy bali yoxud yuzta qirol bali 
deb ataladi. Tumonat odam keladi! Hali bunga o‘zingiz shohid bo‘lasiz. Qisqasi: messir bo‘ydoq — 
buni o‘zingiz ham gushunib turgan bo‘lsangiz kerak. Biroq beka yo‘q, — Korovyov qo‘llarini yoydi, 
— o‘zingizdan qolar gap yo‘q, qanday qilib bal bekasiz... 
Margarita Korovyovning har bitta so‘zini nihoyatda diqqat bilan tinglarkan, qalbining teran yeri 
uvishganday bo‘ldi — o‘z baxtiga erishish umidi uning boshini aylantirardi. 
— Bizda an’ana bo‘lib qolgan, — deb gapida davom etdi Korovyov, — bal bekasining ismi albatta 
Margarita bo‘lishi kerak, bu birinchidan, ikkinchidan esa, bal beriladigan yerda tug‘ilgan bo‘lishi shart. 
Ko‘rib turibsizki, biz jahongashtalarmiz, bu safar, Moskvada manzil qurdik. Bu yerda biz yuz yigirma 
bitta Margaritani uchratdik, lekin ishonasizmi, — deb Korovyov hafsalasi pir bo‘lib o‘z soniga «shap» 
etib urdi, — bittasi ham to‘g‘ri kelmadi. Va nihoyat, bizga baxt kulib boqdiyu... 
Korovyov qaddini egib, ma’nodor jilmaydi, shunda Margaritaning yuragi bir orziqib tushdi. 
— Qisqa qilaman! — dedi Korovyov, — eng qisqasi: shu mas’uliyatni zimmangizga oling desak, 
yo‘q demaysizmi? 
— Yo‘q demayman, — qat’iy javob qildi Margarita. 
— Albatta-da! — dedi Korovyov va shamchiroqni baland ko‘tarib ilova qildi: — Marhamat, men 
bilan yuring. 
Ular ikki qator bo‘lib tizilgan ustunlar orasidan yurib borib nihoyat boshqa bir zalga o‘tishdi, bu 
yerda o‘tkir limon hidi dimoqqa urildi, allanimalarning qitirlagani eshitildi, buning ustiga yana 
Margaritaning boshiga allaqanday sharpa tegib o‘tdi. U seskanib ketdi. 
— Qo‘rqmang, — deb muloyim ohangda tasalli berdi Korovyov, Margaritani qo‘ltiqlab olarkan, — 
bu Begemotning baloldi nayranglari, xolos. Umuman, men sizga, Margarita Nikolaevna, hech qachon, 
hech nimadan qo‘rqmaslikni maslahat berishga jur’at etmoqchiman. Ko‘rqish telbalik. Sizdan yashirib 
o‘tirmayman — bal nihoyatda dabdabali bo‘ladi. Biz, hukmronlik hududi o‘z vaqtida benihoya ulkan 
bo‘lgan shaxslarni ko‘ramiz. Ammo ularning imkoniyatlarini kamina muqarribi bo‘lish baxtiga 
musharraf bo‘lgan zotning imkoniyatlariga muqoyasa qilinsa, u dengiz oldida bir tomchi ham bo‘la 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin