Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
155
qil quruq safsatabozlikni. 
— Men o‘tiraman, — deb javob qildi mushuk o‘tirarkan, — lekin oxirgi fikringizga e’tiroz 
bildiraman. Kaminaning nutqlari, siz bu xonim oldida meni kamsitib aytganingizdek, safsata emas 
aslo, balki aniq sillogizmlar majmuasidirki, Sekst Empirik Martsian Kapella va hattoki Aristoteldek 
donishmandlar ham ularni yuksak baholagan bo‘lardilar. 
— Shoh! — dedi Voland. 
— Mayli, mayli, — dedi mushuk va shaxmat taxtasiga durbin orqali qaray boshladi. 
Shunday qilib, — deb yuzlandi Voland Margaritaga, — tanishing, donna, mening mulozimlarim 
bilan. Manavi jinnilik qilayotgan mushukning ismi — Begemot. Azazello va Korovyov bilan tanishib 
olgansiz, endi, marhamat, xodimam Gella bilan tanishing. Ishga chechan, farosatli, qo‘lidan 
kelmaydigan ish yo‘q. 
Go‘zal Gella kaftlab malham olib, sohibining tizzasiga surishdan to‘xtamagan holda, ko‘k 
ko‘zlarini Margaritaga tikib jilmaydi. 
— Ana, bo‘ldi, — deb tanishtirishni yakunladi Voland va Gella tizzasini qattiqroq ezganidan afti 
burishib ketdi, — jamoamiz, ko‘rib turibsizki, ozchilik, qurama va odmi. — U jim qolib, o‘z oldida 
turgan globusni aylantira boshladi. Globus shu qadar zo‘r mahorat bilan ishlangan ediki, undagi moviy 
okeanlar mavjlanar, qutb esa haqiqiy muz va qor bilan burkangandek ko‘rinardi. 
Bu mahal shaxmat taxtasi ustida besaranjomlik boshlangan edi. Oq rido kiygan shoh o‘z katagida 
ko‘ngli g‘ash bo‘lib tipirchilarkan, mushkul ahvolga tushganidan qo‘llarini ko‘kka ko‘tarardi. 
Oyboltalar bilan qurollangan uchta oq piyoda oq ofitserga baqrayib qarab turardi, ofitser shamshirini 
o‘ynatib, piyodalarni olg‘a, ya’ni Volandning ot mingan ikki suvorisi turgan kataklar sari undardi. 
Shaxmat donalarining jonli ekanligi Margaritani nihoyatda qiziqtirib, hayratga soldi. 
Mushuk durbinini ko‘zidan olib, o‘z shohining orqasiga ohista turtib qo‘ydi. Shoh mushkul ahvolga 
tushganini sezib, yuzini qo‘llari bilan berkitdi. 
— Ishing chakki ko‘rinadi, azizim Begemot, — ohista dedi Korovyov zaharxanda bilan. 
Vaziyat jiddiy, lekin umid yo‘q emas yutishdan, — dedi Begemot, — sirasini aytganda: men 
g‘alaba qilishimga qat’iy ishonaman. Faqat vaziyatni yaxshilab tahlil qilib ko‘rish kerak. 
Tahlilni u juda antiqa tarzda boshladi: o‘z shohiga allaqanday imo-ishoralar qilib ko‘z qisa 
boshladi. 
— Hech nima kor qilmayapti-ku, — dedi Korovyov. 
— Ie, voy! — deb qichqirib yubordi shunda Begemot, — to‘tilar uchib ketishibdi-yu — 
ogohlantirgan edim-a! 
Darhaqiqat, olisdan behisob qush qanotlarining patirlagani eshitildi. Korovyov bilan Azazello 
yugurib chiqib ketishdi. 
— E, jin ursin nayranglaringni! — deb g‘o‘ldiradi Voland o‘z globusidan ko‘z uzmay. 
Korovyov bilan Azazello chiqib ketishgan hamonoq Begemotning ko‘z qisishi avjga chiqdi. 
Nihoyat, oq shoh imo-ishoraning ma’nisiga tushundi-yu, yelkasidagi ridoni o‘zi turgan katakka yechib 
tashlab, shaxmat taxtasidan chopib chiqib ketdi. Ofitser esa uning o‘rniga o‘tib, shoh libosini o‘z 
yelkasiga tashlab oldi. Korovyov bilan Azazello qaytib kelishdi. 
— Yana aldabsanda bizni, — deb to‘ng‘illadi Azazello Begemotga o‘qrayib. 
— Qaydam, qulog‘imga chalinuvdi, — deb javob qildi mushuk. 
— Xo‘sh, tokaygacha kutaman? — dedi Voland, — shoh! 
— Eshitmabman, messir, — dedi mushuk, — shoh bo‘lishi mumkin emas. 
— Takror aytaman — shoh! 
— Messir, — dedi mushuk soxta vahima bilan, — siz juda charchagan ko‘rinasiz: shohga shoh 
yo‘q axir! 
— Shoh G ikki katagida turipti, — dedi Voland shaxmat taxtasiga qaramasdan. 
— Messir, kamina hayratdaman, — deya ingradi mushuk basharasini dahshatli bujmaytirib, — bu 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin