www.ziyouz.com kutubxonasi
156
katakda shoh yo‘q.
— Nima deding? — dedi hayron bo‘lgan Voland va taxtaga tikilib qaradi. Shoh katagida turgan
ofitser teskari o‘girilib, yuzini qo‘li bilan pana qilib olgan edi.
— Obbo kasofat-e, — dedi o‘ychanlik bilan Voland.
— Messir! Men yaia mantiqqa murojaat qilaman, — deb gap boshladi mushuk ikki panjasini
ko‘ksiga qo‘ygancha, — agar raqib shohga shoh deb e’lon qilsa-yu, aslida shaxmat taxtasida shohning
soyasi ham bo‘lmasa, bunday shoh — shoh hisoblanmaydi.
— Taslim bo‘lasanmi yo yo‘qmi? — deb baqirdi Voland dag‘dag‘a qilib.
— Ruxsat eting, o‘ylab ko‘ray, — yuvoshgina dedi mushuk, tirsaklarini stolga qo‘yib va panjalari
bilan quloqlarini changallagancha o‘ylay boshaldi. U uzoq vaqt o‘ylab, nihoyat dedi: — Taslimman.
— Bu o‘jar maxluqni o‘ldirsang ham oz, — dedi Azazello g‘ijinib.
— Ha, taslim bo‘ldim, — dedi mushuk, — lekin aytib qo‘yay, faqat hasadgo‘ylar ta’qib qilgan
muhitda o‘ynay olmasligim sababli taslim bo‘lyapman! — U o‘rnidan turdi. Shaxmat donalari o‘zlari
qutiga borib tushishdi.
— Gella, vaqt bo‘ldi, — dedi Voland, shunda Gella xonadan chiqib ketdi. — Aksiga yurib, bal
bo‘ladigan kun oyog‘im og‘rib qolsa-ya, — deb gapida davom etdi Voland.
— Ruxsat eting, men uqalay, — deb ohista iltimos qildi Margarita.
Voland Margaritaga qattiq tikilib qaradi, so‘ng tizzasini unga tomon surdi.
Lavadek qaynoq balchiq Margaritaning qo‘lini kuydirardi, ammo u aftipi burishtirmay, Volandning
tizzasini og‘ritmaslikka urinib uqalayverdi.
— Muqarriblarim buni bod deb aytishyapti, — derdi Voland ko‘zini Margaritadan olmay, — lekin
mei qat’iy ishonch bilan aytamanki, tizzamning og‘rig‘i, bir ming besh yuz yetmish birinchi yilda
Broken tog‘ida Shayton kafedrasida bitta ketvorgan alvasti xonim bilan yaqin muloqotda bo‘lganim
asorati bo‘lishi kerak, menimcha.
— O, aql bovar qilmaydi! — dedi Margarita.
— Parvo qilmapg! Yana uch yuz yillardan keyin tuzalib ketadi. Menga ko‘p dori-darmon tavsiya
qilishdi, lekin eski odatim bo‘yicha buvimning davolash vositalariga amal qilaman. Bag‘oyat antiqa
giyohlarni meros: qilib qoldirib ketgan menga o‘sha kampirsho, ya’ni buvim. Darvoqe, sizning hech
bir dardingiz yo‘qmi? Balki qalbingizni kemiruvchi biron hasrat, g‘ussa bordir sizda ham?
— Yo‘q, messir, unday narsalar yo‘q menda, — deb javob berdi oqila Margarita, — endilikda,
sizning huzuringizda esa o‘zimni judayam yaxshi his qilyapman.
— Nazarimda, — dedi Voland birdan quvnoq ohangda, — sizni mening globusim qiziqtirayotganga
o‘xshaydi.
— O, rost, men hech qachon ko‘rmaganman bunday buyumni.
— Ajoyib buyum. Ochig‘ini aytganda men so‘nggi axborotni radio orqali eshitishni yoqtirmayman.
Odatda, axborotni qandaydir qizlar o‘qishadi, ular joylarning nomlarini aniq talaffuz qilishmaydi.
Bundan tashqari, ularning har uchtadan biri yo duduq, yo tili chuchuk — ataylab shunaqalarni
tanlashadimi, hayronman. Mening globusim ancha qulayroq, buning ustiga, men yuz berayotgan
voqealarni aniq bilishim kerak. Mana, masalan, sohilini okean yuvib yotgan mana bu yerni
ko‘ryapsizmi? Qarang, ana, u o‘t olyapti. U yerda urush boshlandi. Agar ko‘zingizni yaqinroq olib
borsangiz, tafsilotlarini ham ko‘rasiz.
Margarita globusga yaqinroq engashgan edi, kvadrat ichidagi yer tasviri kengayib, rapg-barang
bo‘yoqlarga bo‘yaldi va bo‘rtma xaritaga o‘xshab ketdi. Shunda Margarita lentasimon daryoni ham,
uning bo‘yiga joylashgan qandaydir bir qishloqni ham ko‘rdi. No‘xatdakkina bir uycha kattalashib
gugurt qutisidek bo‘ldi. Birdan bu uyning tomi qop-qora tutun bilan birga osmonga ko‘tarildi, uning
devorlari qulab tushdi, oqibat, ikki qavatli bu qutichadan hsch vaqo qolmadi —
u qora tutun burqsab
chiqayotgan bir to‘p axlatga aylangan edi. Margarita ko‘zini globusga yana ham yaqinroq olib borib,
yerda yotgan kichkinagina bir ayolni va uning yonida qo‘llarini yoyib qonga botib yotgan go‘dakni