Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
148
xandasiga qorishib ketdi. 
— Natashka! — deb chinqirdi Margarita, — yog‘upa surdingmi sen ham? 
— Aylanib ketay sizdan! — deb javob qildi Natasha o‘z hayqirig‘i bilan mudroqdagi qarag‘ayzorni 
uyg‘otib, — o mening frantsuz qirolicham, men manavining ham kal boshiga surgan edim yog‘upadan! 
— Malikam! — deb bo‘kirdi to‘ng‘iz yig‘loqi ovoz bilan ustiga mingan suvori ayolni shataloq otib 
uchirib borarkan. 
— Tasadduq! Margarita Nikolaevna! — deb chinqirardi Natasha o‘z bekasi bilan yonma-yon uchib 
borarkan, — rost, yog‘upangizni oldim. Axir bizam odammiz — yashashni, uchishni xohlaymiz! Meni 
kechiring, malikam, endi men qaytmayman, o‘lsam ham qaytmayman! Voy, qanday yaxshi-ya, 
Margarita Nikolaevna! Menga uylanmoqchi, — dedi Natasha xijil bo‘lib xishillab borayotgan 
to‘ng‘izning gardaniga barmog‘i bilan niqtab, — uylanmoqchi! Meni nima deb chaqirding, a? — deb 
chinqirdi u to‘ng‘izning qulog‘iga ? engashib. 
— Ma’buda, — deb xurilladi to‘ng‘iz, — men bunday tez ucha olmayman! Muhim qog‘ozlar 
sochilib ketishi mumkin. Natalya Prokofevna, men norozilik bildiraman. 
— E, jin ursin seni, qog‘oz-pog‘ozlaring bilan birga! — deb chiyilladi Natasha gustohona xaxolab. 
— Sekinroq, Natalya Prokofevna! Axir birov eshitib qolishi mumkin-ku! — deb baqirdi to‘ng‘iz 
yolvorib. 
Natasha Margarita bilan yonma-yon uchib borarkan, bekasi uchib ketganidan keyin uning uyida 
nimalar bo‘lganini kula-kula gapirib berdi. 
Natasha, sovg‘a qilingan buyumlarning birontasiga ham boshqa qo‘l urmay, darhol kiyimlarini 
yechib taxlabdiyu,
yog‘upaga otilipti, so‘ng uni apil-tapil badaniga sura boshlapti. Qarasa, bekasida 
yuz bergan o‘zgarish unda ham sodir bo‘lipti. Natasha suyunganidan xandon tashlab kulib, o‘zining 
ko‘zguda aks etgan mo‘‘jizakor go‘zalligidan sarmast bo‘lib turganida, eshik ochilib, ostonada Nikolay 
Ivanovich paydo bo‘lipti. U Margarita Nikolaevnaning ko‘ylagini va o‘zining shlyapasi bilan portfelini 
qo‘lida ushlagancha qattiq hayajonlanib turganmish. Uning ko‘zi Natashaga tushiptiyu esi og‘ib 
qolipti. So‘ng bir oz hushini yig‘ib olib, cho‘g‘dek qizargancha, g‘o‘ldirapti: 
— Shu ko‘ylakni yerdan ko‘tarib, shaxsan olib chiqishni o‘z burchim deb bildim. 
— Boya nima deb aytding, yaramas, a? — deb chiyillar va xandon tashlab kulardi Natasha. — 
Nimalar deding, nima deb yo‘ldan urding meni! Jaraq-jaraq pul va’da qilding. Klavdiya Petrovna 
bilmaydi, deb aytding. Nima, yo gapim yolg‘onmi? — deb chinqirardi Natasha to‘ng‘izga, u esa xijil 
bo‘lib, tumshug‘ini chetga burardi. 
Natashaning sho‘xligi tutib ketib, bexosdan Nikolay Ivanovichga ham yog‘upa suripti, suriptiyu 
ajablangandan dong qotib qolipti. Pastki qavatda ishovchi bu muhtaram zotning yuzi burishib, 
cho‘chqa tumshug‘iga aylanipti, qo‘l va oyoqlaridan tuyoqlar o‘sib chiqipti. Shunda Nikolay Ivanovich 
ko‘zguta qarapti-yu jon achchig‘ida alam bilan
 
chinqirib yuboripti, ammo fursat o‘tgan edi. Yana bir 
necha soniyadan keyin u boshiga tushgan musibatdan yum-yum yig‘lagancha, ustiga Natashani 
mindiribdi-yu, Moskvadan allaqaysi tomonga shamoldek uchib ketipti. 
— Meni avvalgi asl qiyofamga qaytarishingizni talab qilaman! — dedi u hirqiroq ovoz bilan yo 
g‘azablanib, yo yolborib, so‘ng xurxurlay boshladi, — men g‘ayriqonuniy yig‘inda ishtirok etishni 
istamayman! Margarita Nikolaevna, siz uy xodimangizni tartibga chaqirishingiz kerak. 
— E, ha, darrov senga men uy xodimasi bo‘lib qoldimmi? Uy xodimasi degin? — deb chiyillardi 
Natasha to‘ng‘izning qulog‘idan chimchilab-chimchilab olarkan, — boya ma’buda deb atovdingmi? 
Otimni nima devding? 
— Venera! — dedi yig‘lamsirab to‘ng‘iz, u toshlar orasidan jildirab oqayotgan jilg‘a uzra ucharkan, 
tuyoqlari bilan yong‘oq butasini shitirlatib o‘tdi. 
— Venera! Venera! — deb mag‘rurona chinqirdi Natasha bir qo‘lini beliga qo‘yib, ikkinchi qo‘lini 
oy tomon cho‘zgancha, — Margarita! Qirolicham! Iltimos qilib ko‘ring, meni shu alvastiligimcha 
qoldirishsin. Aytganingiz — amri vojib, siz axir hokimasiz! 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin