Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
202
og‘ir, nihoyatda ko‘ngilsiz bo‘ldi, zero nafaqat kechagi qabohatli seans va lojada yuz bergan 
mushtlashish to‘g‘risida, balki yo‘l-yo‘lakay zarurat yuzasidan, Yeloxovskaya ko‘chasida turuvchi 
Militsa Andreevna Pokobatko haqida ham, saratovlik jiyani to‘g‘risida ham, bulardan tashqari yana 
juda ko‘p narsalar to‘g‘risida ham mutlaqo oshkora gapirishiga to‘g‘ri keldiki, bu hol Arkadiy 
Apollonovichni g‘ayrita’rif azobga solardi. 
Turgan gapki, o‘sha la’pati seansnipg shohidi (farosatli va mulohazali shohidi) bo‘lgan, niqob 
taqqan sirli sehrgarning o‘zini ham, uning ikki lo‘ttiboz yordamchisini ham nihoyatda mukammal 
tasvirlab bergan, sehrgarning familiyasi aynan Voland ekanligini juda aniq eslab qolgan ziyoli va 
madaniyatli odam bo‘lmish Arkadiy Apollonovich keltirgan dalil-dastaklar tergov ishini ancha 
jadallashtirib yubordi. Arkadiy Apollonovich bergan guvohlikni o‘zga odamlarning (shu jumladan, 
seans oqibatida jabrlangan ayrim xonimlarning va Sadovaya ko‘chasidagi 50-kvartiraga yuborilgan 
kurer Karpovning) guvohliklari bilan qiyoslash natijasida ushbu hangomalarning sababchilarini 
qaerdan qidirish kerakligi bir zumda aniqlandi - qo‘ydi. 
50-kvartirada bir emas, bir necha marta bo‘lishib, nainki uni sinchiklab ko‘zdan kechirishdi, hatto 
uning devorlarini ham to‘qillatib ko‘rishdi, kamin mo‘rkoniga ham mo‘ralashdi, xufiya joylarni 
qidirishdi. Biroq bu tadbirlarning bari hech qanday samara bermadi, kvartirada biron marta ham biron-
bir jonzot uchramadi, holbuki Moskvaga keluvchi barcha ajnabiy turtistlar haqida xabardor bo‘lish 
zimmasiga yuklangan shaxslar, Voland ismli sehrgar Moskvada yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, 
deb keskin va qat’iy ravishda ta’kidlashlariga qaramay, kvartirada qandaydir kimsalar mavjudligi 
judayam aniq edi. 
Shunga qaramay, Moskvaga kelgan o‘sha Voland degan shaxs hech yerda ro‘yxatdan o‘tmagan, 
hech bir kimsaga pasport yoki o‘zga biron hujjat, masalan, shartnoma varaqasini ko‘rsatmagan va hech 
kim u to‘g‘rida biron-bir ma’lumot olmagan edi. Tomoshaxonalar komissiyasi qoshidagi programmalar 
bo‘limi mudiri Kitaytsev, o‘sha g‘olib bo‘lgan Styopa Lixodeev hech qanday Voland hech qanday 
programmasini menga tasdiqlash uchun yuborgani ham yo‘q, o‘sha Voland degan sehrgarning kelgani 
haqida hech qanday telefon ham qilingani yo‘q, deb xudoni o‘rtaga qo‘yib, qasam ichdi. Binobarin u, 
ya’ni Kitaytsev Vareteda bunday seans berilishiga Styopaning qanday yo‘l qo‘yganini mutlaqo 
tushunmas va buning sababini ham bilmas edi. Lekin Kitaytsevga, axir o‘sha sehrgarni Arkadiy 
Apollonovich teatrda o‘z ko‘zi bilan ko‘ribdi-ku, deb aytishganida, u faqat kiftini uchirib, ko‘zini 
shiftga tikish bilan javob qildi. Lekin Kitaytsevning ko‘ziga qarab,oldingidek oppoq ekanligini dadil 
e’tirof etdi. 
Tomosha ko‘rsatuvchi muassasa komissiyasi raisi Proxor Petrovichga kelsak... 
Darvoqe, kabinetga militsiya kelgan hamon u o‘z kostyumi ichida paydo bo‘ldi va bu raftori bilan 
Lnna Richardovnani telbanamo quvontirib, bekorga bezovta qilingan militsiyani hayratdan og‘zini 
ochirib qo‘ydi... Yana o‘z o‘rniga qaytib, kul rang yo‘l-yo‘l kostyumi ichiga kirgan Petrovich, o‘zi 
qisqa muddatga g‘oyib bo‘lgan paytida kostyumi yozgan ko‘rsatmalarning barini to‘la-to‘kis 
ma’qulladi... ana shu Proxor Petrovich ham Voland degan shaxs haqida mutlaqo hech nima bilmas edi. 
Siz nima deb o‘ylasangiz o‘ylang, kitobxon, ammo bu mutlaqo, aql bovar qilmaydigan hol edi: 
minglab tomoshabinlar, Varetening butun hay’ati, nihoyat, jua bilimdon shaxs Arkadiy Apollonovich 
Sempleyarov bitta sehrgarni, shuningdek, uning badkor assistentlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan 
bo‘lsa ham, sehrgarni hech yerdan topib bo‘lmadi. Xo‘sh, o‘zingiz ayting-chi: nima, u o‘sha manfur 
seansi tugashi bilan yer qa’riga kirib g‘oyib bo‘ldimi yoki ba’zilarning ta’kidlashi-cha, u aslida 
Moskvaga mutlaqo kelmaganmidi ? Agar aytganimizdan birinchisi ro‘y bergan deb faraz qiladigan 
bo‘lsak, unda, u shubhasiz, o‘zi bilan birga Varete ma’muriyati rahbarlarini ham yer qa’riga olib kirib 
ketgan, lekin bordiyu ikkinchi taxminga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda badbaxt teatr ma’murlarining o‘zi 
bironta rasvogarchilik qilib qo‘yib (kabinetdagi deraza oynasining singanini va G‘ishtintuzning o‘zini 
qanday tutganini eslang!), Moskvadan qochib chiqib, bedarak ketgan bo‘lib chiqadi. 
Tergov ishini boshqargan odamga tan berish kerak. G‘oyib bo‘lgan Rimskiyni bir zumda qidirib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin