www.ziyouz.com kutubxonasi
10
tashrifnomam, pasportim va Moskvaga konsultatsiyaga chaqirilgapim haqida taklifnoma, — deb
notanish kishi ikkala adabiyotchiga o‘tkir ko‘zlariii tikkancha keskin-keskin gapirdi.
Shunda ikki do‘st xijolat bo‘lib qoldi. «Obbo, hamma gapni eshitipti-yu...» — deb o‘yladi Berlioz
va muloyim ishora bilan hujjat ko‘rsatishning hojati yo‘qligini bildirdi. Ajnabiy mehmop xujjatlarini
muharrirga uzatayotgan chog‘da, tashrifnomadagi ajnabiy tilda «professor» deb yozilgan so‘zga va
familiyasining bosh harfi — («V»)ga shoirning ko‘zi tushib qolgan edi.
Bu asnoda, muharrir xijil bo‘lib:
— G‘oyat xursandman, — deb g‘o‘ldiradi, xorijlik kishi hujjatlarini yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi.
Shu yo‘sinda munosabat qayta tiklandi-yu uchovlari yana skameykaga o‘tirishdi.
— Siz mamlakatimizga konsultant sifatida taklif qilinganmisiz, professor? — so‘radi Berlioz.
— Ha, konsultantman.
— Siz — nemismisiz? — deb surishtirdi Bezdomniy.
— Menmi?.. — takror so‘radi professor va birdan chuqur o‘yga toldi. — Ha, nemis desayam
bo‘ladi...
— Ruscha juda yaxshi gapirarkansiz, — e’tirof etdi Bezdomniy.
— O, men umuman poliglotman, juda ko‘p tilni bilaman, — javob qildi professor.
— Qay sohadan mutaxassissiz? — deb so‘radi Bezdomniy.
— Men jodu bo‘yicha mutaxassisman.
«Shu yetmay turuvdi!..» — degan fikr Mixail Aleksandrovichning miyasiga sanchikday urildi.
— Siz... sizni shu soha bo‘yicha taklif qilishganmi mamlakatimizga? — duduqlanib so‘radi u.
— Ha, shu soha bo‘yicha, — deb tasdiqladi professor va fikrini izohlay boshladi: — Bu yerdagi
davlat kutubxonasida o‘ninchi asrda yashagan afsungar Her-bert Avrilakskiyning asl qo‘lyozmalari
topilgan. Shularni tahlil qilishni so‘rashyapti mendan. Bu sohada men dunyoda yagona mutaxassisman.
— A-a! Tarixchi ekansiz-da? — yengil tin olib, hurmat bilan so‘radi Berlioz.
— Ha, tarixchiman, — tasdiqladi olim, so‘ng xuddi tomdan tarasha tushganday ilova qildi: —
Bugun kechqurun Patriarx ko‘lida alomat voqea sodir bo‘ladi!
Muharrir bilan shoir yana hayratlanishdi, professor esa ularni o‘ziga tomon imladi, ikki do‘st
engashib, unga quloq tutganda, shunday deb pichirladi:
— Esingizda bo‘lsin, Iso bo‘lgan.
— Bilasizmi, professor, — dedi Berlioz zo‘rma-zo‘raki jilmayib, — biz sizning benazir
bilimingizni hurmat qilamiz, ammo biz bu masalada o‘zgacha nuqtai nazarga egamiz.
— Hech qanday nuqtai nazarning keragi yo‘q! — javob qildi alomat professor. — U bo‘lgan,
vassalom.
— Axir buning uchun qandaydir isbot kerak-ku... — deb gap boshladi Berlioz.
— Hech qandy isbotning hojati yo‘q, — deb javob qildi professor va past ovoz bilan gapira
boshladi, ammo uning tilidagi ajnabiylarga xos talaffuz negadir endi yo‘qolgan edi: — Buning hech
taajjub qiladigan yeri yo‘q! Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan...