Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
136
Birinchi bo‘lib bog‘ panjarasi yonidan otda odimlab yurib borayotgan militsioner, undan keyin 
uchta piyoda odam ko‘rindi. Ulardan keyin kuzovida muzikachilar o‘tirgan yuk mashinasi sekin-sekin 
yurib o‘ta boshladi. Uning orqasidan yap-yangi ochiq dafn mashinasi kelardi, mashinaga qo‘yilgan 
tobutni gulcham-barlar ko‘mib yuborgan, tobut qo‘yilgan maydonchaning to‘rt burchagida to‘rtta 
odam — uch erkak va bir ayol turardi. Margarita ancha uzoqda bo‘lsa ham, dafn mashinasida turib
marhumni qabristonga kuzatib borayotgan bu odamlarning chehralarida alomat sarosima aks 
etayotganini ko‘rdi. Ayniqsa, bu hol dafn mashipasining orqa tomonida, chap burchakda turgan 
ayolning chehrasida yaqqol ko‘rinib turardi. Qandaydir antiqa bir sir bu ayolning shundoq ham lo‘ppi 
yonoqlarini ich tomondan turtib, yanada shishirib turgandek ko‘rinardi, uning moy bosgan ko‘zlarida 
dudmallik o‘ti chaqnardi. Go‘yo bu grajdanka ortiq toqat qila olmay hozir marhumga ko‘z qisadi-yu: 
«Bunaqa g‘aroyibotni ko‘rganmisiz hech? Jumboqning o‘zi!» — deb yuborgudek ko‘rinardi. Dafn 
mashinasi orqasidan sekin-sekin yurib kelayotgan taxminan uch yuztacha odamning chehralari ham 
shunaqa sarosimali edi. 
Margarita bu marosimni o‘tirgan yerida kuzatar va «bums, bums, bums» deb bir taqlidda 
chalinayotgan turk do‘mbirasi sadosining uzoqlashgan sari so‘nib borayotganini his qilarkan, o‘ylardi: 
«Juda g‘alati dafn marosimi-ya... Yurakni ziq qilib yubordi do‘mbiraning bu «bums-bums»i! Oh, 
shaytonga jonimni sadaqa qilishdan ham qaytmasdim, uning tirik yo o‘likligini bilish uchun! Qiziq, 
bunday alomat kayfiyat bilan kimni dafn etishayotgan ekan-a?». 
— Mixail Aleksandrovich Berliozni, — Margaritaning yonginasidan bir oz manqalangai erkak 
ovozi eshitildi, — MASSOLITning raisini, hayron bo‘lgan Margarita Nikolaevna o‘girilib, o‘z yonida 
skameykada o‘tirgan bir grajdaninni ko‘rdi, chamasi, Margarita dafn marosimiga mahliyo bo‘lib 
qolganida bu odam sekingina kelib o‘tirgan va Margaritaning xayoli qochib, bexosdan ovoz chiqarib 
bergan savolini eshitgan edi. 
Bu payt marosim qatnashchilari yurishdan to‘xtay boshlashdi — svetofor yo‘lni to‘sgan bo‘lsa 
kerak. 
— Ha, — deb davom etdi notanish odam, — ularning kayfiyatlari juda g‘aroyib. Marhumni 
qabristonga olib ketishyapti-yu, miyalari faqat bir narsa — o‘likning kallasi qayoqqa g‘oyib 
bo‘ldiykin, degan savol bilan band! 
— Qanaqa kalla? — deb so‘radi Margarita to‘satdan paydo bo‘lgan bu qo‘shnisiga tikilib qararkan. 
U — sochi olov rang malla, so‘yloq tishli pak-pakana odam bo‘lib, egniga kraxmallangan ich ko‘ylak 
ustidan a’lo sifat yo‘l-yo‘l kostyum, oyog‘iga loklangan tufli, boshiga kotelok-shlyapa kiygan
bo‘yniga guldor galstuk bog‘lagan edi. Bu grajdaninning eng alomat jihati shunda ediki, kostyumining 
soat cho‘ntagidan, hamma erkaklarda bo‘lganidek ro‘molcha ham emas, ruchka ham emas, tovuq 
suyagi chiqib turardi. 
— Ha, men sizga aytsam, — deb bayon qildi malla, — bugun ertalab Griboedov zalida turgan 
tobutdan marhumning kallasini o‘g‘irlab ketishipti. 
— Qanday qilib kallani o‘g‘irlash mumkin? — deb beixtiyor so‘radi Margarita, so‘rarkan, o‘zi 
trolleybusda eshitgan pichir-pichir gaplarni esladi. 
— Kim biladi deysiz! — dedi betakalluflik bilan malla, — lekin mening fikrimcha, bu haqda 
Begemotdan so‘ralsa yomon bo‘lmasdi. Juda ustalik bilan o‘marib ketishipti o‘ziniyam. G‘irt 
mashmasha! Eng muhimi, kimgayam kerak ekan o‘sha kalla, hayronman! 
Margarita Nikolaevna o‘zi bilan o‘zi nechog‘lik band bo‘lmasin, notanish odamning oldi-qochdi 
gaplari uni hayratga soldi. 
— Kechirasiz! — dedi u birdan, — qaysi Berlioz u? Haligi, bugungi gazetalarda... 
— Ha, o‘sha, o‘sha... 
Bundan chiqdi, tobut orqasidan adabiyot ahli borayotgan ekan-da? — deb so‘radi Margarita 
birdan tishlarini irshaytirib. 
— Ha, bo‘lmasam-chi, o‘shalar! 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin