www.ziyouz.com kutubxonasi
145
etib yorildi. Margarita og‘ir hansirab, royalning torlarini bolg‘acha bilan qayirar, uzar edi. Nihoyat, u
juda charchab, bir oz nafasini rostlab olish uchun o‘zini kresloga otdi.
Vannaxonada ham, oshxonada ham suv mudhishona sharillab oqar edi. «Suv toshib polga tusha
boshladi chog‘i» deb ko‘nglidan o‘tkazdi Margarita, so‘ng ovoz chiqarib ilova qildi:
— Lekin ko‘pam o‘tiraverish kerakmas.
Suv oshxonadan yo‘lakka oqib chiqa boshlagan edi. Margarita yalangoyoq shalop-shalop suv
kechib, oshxonadan tanqidchining kabinetiga chelaklarda suv olib kirdi va uni yozuv stolining
g‘aladonlariga quydi. Keyin shu kabinetda turgan shkafning eshigini oolg‘acha bilan urib buzdi-da,
yotoqxonaga otildi. U yerda kattakon ko‘zgu o‘rnatilgan shkafni buzib, tanqidchining osig‘liq turgan
kostyumini oldi va olib borib vannadagi suvga bo‘ktirdi. Kabinetdan olib olgan siyohdonni
yotoqxonaga olib kirib, siyohni ikki kishilik karavotdagi momiq o‘rin-ko‘rpa ustiga to‘kdi. Garchi
Margarita o‘zining bu vayrongarlik faoliyatidan benihoyat huzur qilayotgan bo‘lsa ham ayni paytda bu
faoliyatning samarasi unga hamon zig‘irdakkina bo‘lib tuyulardi. Shuning uchun endi u ko‘zi tushgan
qamma narsani chilparchin qila boshladi. U fikus o‘rnatilgan gultuvakni sindirdi. Bu ishini chala
qoldirib, yotoqxonaga kirdi va oshxonadan olib olgan kattakon pichoq bilan choyshabni tildi, fotosurat
urnatilgan oynavandli chorcho‘plarni urib sindirdi. U charchashni bilmas, ayni chog‘da butun
badanidan duv-duv ter oqardi.
Bu payt Latunskiy kvartirasi ostidagi 82-kvartirada dramaturg Kvantning uy xodimasi oshxonada
choy ichib o‘girarkan, yuqori qavatdan eshitilayotgan gapir-tupur yugurishlar, allanimalarning
taraqlagani, chil-chil singanini eshitib hayron bo‘lib qoldi. U boshini ko‘tarib, shiftga qaradi, qaradiyu
shiftning birdan qandaydir o‘limtik rangda ko‘kara boshlaganini ko‘rdi. Bu dog‘ xodimaning ko‘zi
oldida tez kattalasha boshladi va birdan tomchilar paydo bo‘ldi. Xodima bu hodisaga ikki daqiqacha
tikilib o‘tirdi, nihoyat, shiftdan haqiqiy yomg‘ir yog‘a boshladi. Shundagina u gapchib turib ketib, suv
tushayotgan yerga, polga tog‘ora qo‘ydi, ammo bu zig‘ircha ham yordam bermadi, chunki shiftdagi
ho‘l dog‘ tobora kengayib, endi yomg‘ir gaz ilitasiga ham, idish-tovoqlar uyulgan stol ustiga ham oqa
boshlagan edi. Shunda Kvantning uy xodimasi chinqirib yuborib, zina boshiga otilib chiqdi,
Latunskiyning kvartirasidagi qo‘ng‘iroq to‘xtovsiz jiringlay boshladi.
— Mana, qo‘ng‘iroq boshlandi, endi ketsayam bo‘ladi, — dedi Margarita. U cho‘tkaga minarkan,
eshik girqishidan kelayotgan ayol kishining ovoziga quloq soldi:
— Ochinglar! Ochinglar! Dusya, och eshikni! Sizlarnikidan oqyaptimi suv? Biznikini suv bosdi.
Margarita bir metrcha yuqoriga ko‘tarilib, bolg‘acha bilan qandilga bir urgan edi, ikkita lampochka
portlab, shokilalar har tomon sochilib ketdi. Eshik tirqishidan eshitilayotgan chinqiriq tindi, zinadan
chopib gushayotgan oyoq tovushlari eshitildi. Margarita derazadan uchib chiqib, uning oynasiga
tashqari tomondan bolg‘acha bilan sekingina urdi. Oyna «chirs» etib sindiyu bo‘laklari uy sirtini
qoplagan marmar plitalarga urila-urila pastga sochilib tusha boshladi. Margarita ikkinchi deraza oldiga
uchib o‘tdi. Bu payt juda pastda, yo‘lkada odamlar zir yugura boshlashdi, uy oldida turgan ikki
mashinadan biri motorini gurillatib jo‘nab qoldi. Margarita Latunskiyning derazalarini «saranjom»
qilib bo‘lib, qo‘shni kvartiraning derazalari oldiga suzib bordi. Oynalarning chil-chil sinishi tobora
jadallashdi, taraqlagan, jaranglagan ovozlar butun ko‘chani bosib ketdi. Uyning birinchi yo‘lagidan
darbon yugurib chiqib tepaga qaradi, qanday chora ko‘rishga darrov aqli yetmadi shekilli, bir oz
taraddudlanib qoldi, so‘ng og‘ziga hushtak olib jon-jaxdi bilan churillata boshladi. Margarita shu
hushtak sadosi ostida sakkizinchi qavatdagi oxirgi deraza oynasini maroq bilan sindirdi-da, yettinchi
qavatga tushib, bu qavatning ham oynalarini bir chekkadan sindira ketdi.
Bugun uyni vahima bosdi. Oynasi hali sinmagan derazalar lang ochilib, ularda odamlarning
boshlari ko‘rinar va shu zahoti yana g‘oyib bo‘lardi, ochiq derazalar esa, aksincha, yopilardi.
Ko‘chaning narigi yuzidagi uylarning yorug‘ derazalarida, Dramadab binosining derazalari nega
o‘zidan-o‘zi sinayotganini bilishga urinib bezovta bo‘layotgan odamlarning qora ko‘lankalari
ko‘rinardi.