Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
153
olmaydiki, buni o‘ylasang kulging keladi, hatto, sizga aytsam, xafa bo‘lib ketasan... 
Shu choq Korovyov shamchiroqqa qarab puflagan edi, u g‘oyib bo‘ldi-yu, Margarita o‘z oyog‘i 
ostida qandaydir eshik ostidan tushib turgan chiroq shu’lasini ko‘rdi. Korovyov ana shu eshikni ohista 
taqillatdi. Margarita juda qattiq hayajonlanganidan tishlari takillab, badani jimirlab ketdi. Eshik 
ochildi. Bu mo‘‘jazgina xona edi. Margarita bu yerda emandan yasalgan keng bir karavot, karavot 
ustida g‘ijimlangan isqirt choyshab va yostiq ko‘rdi. Karavot oldida oyoqlari jimjimador eman stol, 
uning ustida sham uyalari qush panjalarini eslatuvchi chilchiroq bo‘lib, uning yettita oltin panjasida 
yo‘g‘on shamlar yonib turardi. Bundan tashqari, stolda yana donalari nihoyatda zo‘r mahorat bilan 
ishlangan kattakon shaxmat taxtasi bor edi. Eskirib, taqir bo‘lib ketgan bir gilamcha ustida pasttakkina 
skameyka turardi. Bu yerda yana bir stol bo‘lib, uning ustiga qandaydir oltin kosa va boshqa bir 
chilchiroq qo‘yilgan edi. Bu chilchiroqning shoxlari ilonga o‘xshatib yasalgan edi. Xonadan 
oltingugurt va qatron hidi kelar, chiroqlarning ko‘lankalari yerda bir-birini kesib o‘tgan edi. 
Bu yerda hozir bo‘lganlar orasida Margarita Azazelloni bir ko‘rishdayoq tanidi, u karavotning bosh 
tomonida turar va endi egniga frak kiyib olgan edi. U Margaritaga bag‘oyat nazokat bilan ta’zim qildi, 
zero u Aleksandr bog‘ida Margaritaning qoshiga qaroqchi qiyofasida kelgan Azazelloga aslo 
o‘xshamas edi endi. 
Varetening mo‘‘tabar bufetchisini qattiq xijolat qilgan va mash’um seans berilgan tunda, 
yaxshiyamki, xo‘roz qichqirib qolib, cho‘chib ketgan o‘sha yalang‘och alvasti, ya’ni Gella karavot 
yonida yerga yozilgan gilamchada o‘tirib, oltingugurt bug‘i chiqib turgan kastryulda allanimani 
xamirga o‘xshatib qorardi. 
Bulardan tashqari, shaxmat stoli yonidagi baland kursida hirsday keladigan bir qora mushuk o‘ng 
panjasida asp donasini ushlab o‘tirardi. 
Gella o‘rnidan qo‘zg‘alib, Margaritaga ta’zim qildi. Mushuk ham kursidan sakrab tushib, orqa o‘ng 
oyog‘ini oldinga surib, mehmonga ta’zim qilarkan, birdan donani panjasidan tushirib yubordi va uni 
qidirib karavot tagiga emaklab kirib ketdi. 
Bularning barini, qo‘rquvdan dong qotib qolgan Margarita shamlardan tushgan bozingar 
ko‘lankalarda elas-elas ko‘rdi. U ko‘zini to‘shakdan uza olmay qolgandi: bechora Ivan — yaqindagina 
Patriarx ko‘lida, shayton yo‘q, deb ishontirmoqchi bo‘lgan kimsa, ya’ni o‘sha yo‘q narsa hozir 
karavotda o‘tirardi. 
Ikki ko‘z: tubida har qanday yurakning eng teran yerigacha teshib kirishga qodir zarrin uchqun 
porlab turgan o‘ng ko‘z bilan ignaning teshigini yoxud har qanday zulmat va qora ko‘lankaning tubsiz 
qa’rini eslatuvchi ziyosiz va qora chap ko‘z Margaritaning yuziga qattiq tikilgan edi. Volandning yuzi 
bir yonga qiyshayib ketgan, og‘zining o‘ng cheti pastga osilgan, sochlari to‘kila boshlaganidan keng 
bo‘lib ko‘ringan peshonasida ingichka qoshlari bilan bir tekisda chuqur-chuqur ajinlar cho‘zilgan edi. 
Uning yuzi oftobdan mangu qorayganday tuyulardi. 
Egniga isqirt, chap yelkasiga yamoq tushgan uzun tungi ko‘ylakdan boshqa hech nima kiymagan 
Voland yalpayib o‘tirardi. U bir oyog‘ini tagiga bosib olgan, ikkinchisini uzatib skameykaga qo‘ygan 
edi. Mana shu qoraygan oyog‘ining tizzasini Gella tutab turgan allaqanday malham bilan ishqalardi. 
Bu g‘ira-shirada Margarita yana Volandning yoli yo‘q ko‘kragida qora toshdan mohirona yasalib
ustiga allaqanday yozuvlar yozilgan bir qo‘ng‘izni ko‘rdi, u tilla zanjirga osilgan edi. Volandning 
yonida to‘shakda vazmin o‘rnatilgan alomat bir globus turardiki, uning joni borga o‘xshar va bir biqini 
quyosh bilan yoritilgandek tuyulardi. 
Sukut bir necha lahza davom etdi. «Meni kuzatyapti», — deb o‘yladi Margarita va o‘z iroda kuchi 
bilan tizzalarining qaltirashini bosishga harakat qildi. 
Nihoyat Voland jilmayib gap boshlagan edi, uning uchqun chaqnab turtan ko‘zi «pov» etib 
yonganday bo‘ldi. 
— Xush kelibsiz, qirolicha, va lekin meni afv etgaysiz xonaki libosda bo‘lganim uchun. 
Volandning ovozi shu qadar so‘niq, past ediki, ayrim so‘zlar zo‘rg‘a xirillab chikdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin