Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
150
Margarita ham sambittollar tagida uzoq o‘tirmadi... Hamma safarga shaylana boshladi. Suv parilari 
oy nurida o‘z raqslarini nihoyasiga yetkazdilar va asta ko‘zdan g‘oyib bo‘ldilar. Takatuyoq maxluq 
Margaritadan, daryo bo‘yiga nimada keldingiz, deb tavoze bilan so‘radi. Uning cho‘tka minib 
kelganini eshitib: 
— O, axir bu noqulay-ku, — dedi bir lahzada ikkita shox butog‘idan alomat telefon yasadi-da
kimdandir shu onning o‘zida mashina yuborishni talab qildi, talab ham bir daqiqa ichida bajarildi. 
Orolga usti ochiq och mallarang mashina uchib tushdi, lekin rulda rasmana shofyor emas, balki 
kleyonka furajka, qo‘llariga og‘zi keng qo‘lqop kiygan tumshug‘i uzun qop-qora qarg‘a o‘tirardi. Orol 
huvillay boshladi. Uchib ketgan alvastilar porlagan oy shu’lasida erib yo‘q bo‘lishdi. Gulxan o‘chib, 
qo‘r ustini kul bosa boshladi. 
Takatuyoq Margaritaning mashinaga chiqishiga ko‘maklashdi, u keng orqa o‘rindiqqa cho‘kdi. 
Mashina g‘uvillab bir sakradi-yu, balandga, deyarli oygacha ko‘tarildi, orol ham, daryo ham g‘oyib 
bo‘ldi, Margarita Moskva tomon g‘izillab uchib ketdi. 
Yigirma ikkinchi bob 
ShAMLAR YoRUG‘IDA
Osmonu falakda uchib borayotgan mashinaning bir tekisda guvillashi Margaritani allalar, oy 
shu’lasi esa orombaxsh harorati bilan uni isitardi. U ko‘zini yumib, yuzini shamolga tutdi va hozirgina 
o‘zi tark etgan notanish daryo sohili haqida hasrat bilan o‘ylay boshladi, negaki, u yerni endi hech 
qachon ko‘rmasligini ko‘ngli seza boshlagan edi. Bugun kechqurun sodir bo‘lgan barcha sehru 
mo‘‘jizalardan so‘ng Margarita kimning huzuriga mehmonga ketayotganini fahmlay boshlagan edi, 
biroq bu hol uni cho‘chitmasdi. O‘sha yerda o‘z baxtiga qayta musharraf bo‘lish umidi uni dovyurak 
qilgan edi. Lekin uning baxt to‘g‘risida uzoq vaqt xayol surishiga imkon bo‘lmadi. Margarita bir oz 
muhlatdan so‘ng ko‘zini ochib, qarg‘aning mohir haydovchi bo‘lganidanmi, yo mashinaning nihoyatda 
uchqurligidanmi, har qalay pastda endi zulmatga burkangan urmonni emas, hammayog‘i milt-milt 
chiroq bo‘lgan Moskvani ko‘rdi. Qora qush — shofyor parvoz paytida mashinaning oddingi o‘ng 
g‘ildiragini burab bo‘shatib oldi, keyin uni Dorogomilovo rayonida, qandaydir juda xilvat bir 
qabristonga qo‘ndirdi. So‘ng u churq etmay o‘tirgan Margaritani cho‘tkasi bilan birga bir qabr toshi 
yonida yerga tushirib, mashinani qabriston etagidagi jarga itarib yubordi. Mashina tubsiz jarg a 
gumburlab tushib, tilka-tilka bo‘lib ketdi. Qarg‘a esa Margaritaga ehtirom bilan chest berib, g‘ildirakka 
mindi-da, uchib ketdi. 
Shu zahoti bir qabr toshi orqasidan qora plashli sharpa chiqib keldi. Uning so‘yloq tishi oy nurida 
yalt etib ketdi-yu, Margarita darrov Azazelloni tanidi. U Margaritaga imo qilib cho‘tkaga minishni 
taklif qildi, o‘zi uzun qilichga mindi, shu zahoti ikkovlari osmonga o‘qday uchishdi-yu bir necha 
soniyadan so‘ng Sadovaya ko‘chasidagi 302-bis uyining oldida yerga qo‘nishdi. Ularni hech kim 
sezmadi. 
Qo‘ltiqlariga cho‘tka bilan qilich qistirib olgan bu ikki hamroh bostirma ostiga kirishganida 
Margaritaning ko‘zi kimnidir zoriqib kutib o‘tirgan 
kep-,|
va qo‘nji baland etik kiygan bir odamga 
tushdi. Azazello bilan Margarita yengil qadam tashlab, oyoq uchida yurib o‘tgan bo‘lishsa ham, u 
odam sharpani eshitdi, lekin qanday jonzodning sharpasi ekanligini tushunolmay sarosimada bir 
seskanib qo‘ydi. 
Keyin ular oltinchi yo‘lak eshigi oldida boyagi bostirmadagi odamga xuddi quyib qo‘ygandek 
o‘xshovchi ikkinchi odamni uchratishdi. Bu yerda ham boyagi voqea takrorlandi. Oyoq tovushlari... 
Odam bezovtalanib, o‘grilib qaradi va o‘shshayib oldi. Lekin yo‘lak eshigi ochilib-yopilganini ko‘rib, 
sharpalar orqasidan o‘sha tomonga otildi, ichkariga kirib, har yoqqa olazarak bo‘lib qaradi, ammo, 
turgan gapki, hech nimani ko‘rmadi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin