Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
146
Tor ko‘chadan Dramadab uyi tomon xalq chopib kelardi, uy ichida esa gangib qolgan odamlar zina 
va yo‘lkalarda sababsiz, maqsadsiz zir yugurishardi. Kvantning uy xodimasi zinadan chopib 
tushayotgan odamlarga, uyimizni suv bosdi, deb baqirardi, bir lahzadan keyin unga, Kvantning tagida, 
80-kvartirada turuvchi Xustovning uy xodimasi jo‘r bo‘ldi. Chunki Xustovlarning oshxonasi bilan 
hojatxonasi shiftidan ham sharillab chakka o‘ta boshlagan edi. Nihoyat, Kvantlar oshxonasida shiftning 
suvog‘i palaxsa bo‘lib ko‘chib tushib, stolga uyilgan yuviqsiz idishlarning hammasini chil-chil 
sindirdi, shundan keyin suvoq orasiga katak-katak qilib terilgan, jiqqa ho‘l taxta toqilar orasidan suv 
seldek sharillab oqa boshladi. Endi birinchi pod’ezd zinasidan odamlarning dod-faryodi eshitildi. 
Margarita to‘rtinchi qavatdagi so‘nggi ikki deraza oldidan uchib o‘ta turib, ichkariga qaradi va shosha-
pisha protivogaz kiyayotgan bir odamni ko‘rdi. Margarita deraza oynasini urib sindirib, u odamni 
qo‘rqitib yubordi, u xonadan qochib chiqib ketdi. 
Shu chog‘ kutilmaganda shafqatsiz vayrongarlik taqqa to‘xtadi. Margarita uchinchi qavatga suzib 
tushib, nafis qora parda tutilgan eng chekka derazadan ichkariga mo‘raladi. Xonani qalpoqcha 
kiydirilgap bitta chiroq g‘ira-shira yoritib turardi. Ikki yoniga to‘r tutilgan kichkina bir karavotchada 
to‘rt yoshlar cha-masidagi bola shovqinga quloq solib qo‘rqib o‘tirardi. Xonada kattalardan hech kim 
yo‘q edi. Chamasi, hamma tashqariga yugurib chiqib ketgan bo‘lsa kerak. 
— Oyna sindirishyapti! — dedi bola va: — Oyi! — deb chaqirdi. 
Hech kim javob bermadi, shunda u: 
— Oyi, qo‘rqaman, — dedi. 
Margarita pardani chetga surib derazadan uchib kirdi. 
— Qo‘rqaman, — deb takrorladi bola va dag‘-dag‘ titray boshladi. 
— Qo‘rqma, hech qo‘rqma, oblakay, — dedi Margarita shamol tegib xirillab qolgan ovozini 
mayinroq qilishga urinib. — Oyna sindirgan sho‘x bolalar edi. 
— Rogatka otishdimi? — deb so‘radi bola qaltirashdan to‘xtab. 
— Ha, rogatka otishdi, rogatka, — deb tasdiqladi Margarita, — sen yotib uxla! 
Sitnik otgan, — dedi bola, — o‘shanda rogatka bor. 
— Ha, to‘g‘ri, o‘sha otdi! 
Bola quvlik bilan bir chetga qaradi-da, so‘radi: 
— Siz qaerdasiz, xola? 
— Men yo‘qman, — deb javob qildi Margarita. — Tushingga kiryapman. 
— O‘zimam shunaqa deb o‘ylovdim, — dedi bola. 
— Sen yuzingni kaftingga qo‘yib yot, — deb buyurdi Margarita, — men sening tushingga kiraman. 
— Ha, mayli, tushimga kira qoling, — deb rozi bo‘ldi bola va shu zahoti yuzini kaftiga qo‘yib 
yotdi. 
— Senga ertak aytib beraman, — dedi Margarita va qaynoq qo‘lini bolaning sochi olingan boshiga 
qo‘ydi, — bor ekan, yo‘q ekan, dunyoda bir xola bor ekan. U befarzand, yana, umuman bebaxt ham 
ekan. Mana shu xola nuqul yig‘layverib-yig‘layverib, oxiri badjahl jodugarga aylanipti... — Margarita 
jim bo‘lib, qo‘lini bolaning boshidan oldi — u uxlab qolgan edi. 
Margarita bolg‘achani astagina deraza tokchasiga qo‘yib, o‘zi tashqariga uchib chiqdi. Uy oddi 
to‘s-to‘polon edi. Oyna siniqlariga ko‘milib ketgan asfalt yo‘lkada odamlar bir nimalarni baqirishib, zir 
yugurishardi. Ular orasida endi militsionerlar ham paydo bo‘lgan edi. Birdan qo‘ng‘iroq bong chaldi va 
ustida narvoni bor o‘t o‘chiruvchi qizil mashina Arbatdan tor ko‘chaga burilib kirib keldi. 
Bundan keyingi voqealar endi Margaritani qiziqtirmas edi. U bironta simga tegib ketmaslik uchun 
eng avval qay tomonga uchishini ko‘zlab oldi-da, cho‘tka dastasini mahkamroq siqqan edi, bir zumda 
bu mash’um uydan ancha balandlab ketdi. Tor ko‘cha uning poyida bir tomonga og‘ib, keyin butkul 
pastlikka tushib ketdi. Endi shu bitta ko‘cha o‘rnida Margaritaning oyog‘i ostida g‘ij-g‘ij tomlar paydo 
bo‘ldi — ularni har yer-har yeridan charog‘on yo‘llar chor burchak qilib kesib o‘tgan edi. Bularning 
bari to‘satdan bir tomonga suzib ketdi, chiroqlar zanjiri surkalib, bir-biriga qorishib ketdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin