Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
149
Shunda Margarita: 
— Yaxshi, so‘z beraman! — deb javob qildi. 
— Rahmat! — deb chinqirdi Natasha va birdan shiddatli va allaqanday mahzun ohangda baqirdi: — 
Hey! Hey! Tezroq! Tezroq! Qani bir shataloq ot-chi! — U to‘ng‘izning jon holatda yelib-yugurish 
oqibatida ich-ichiga botib ketgan biqiniga tovonlari bilan niqtagan edi, to‘ng‘iz yana havoni chok qilib 
yashinday olg‘a otildiki, bir lahza o‘tar-o‘tmas Natasha olisda qora bir nuqta bo‘lib ko‘rindi, keyin esa 
mutlaqo ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, sharpasi ham o‘chdi. 
Margarita huvillagan, notanish joylarda, tepaliklar uzra boyagi-boyagicha asta-sekin uchib borardi: 
bu tepaliklarda o‘sgan siyrak azim qarag‘aylar orasida u yer-bu yerda xarsangtoshlar yotardi. Margarita 
uchib borarkan, hozir Moskvadan juda ham olislab ketgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylardi. U mingan 
cho‘tka endi qarag‘aylar ustidan emas, balki bir tomoni oy shu’lasidan kumush rangda tovlanayotgan 
daraxtlar orasidan uchib borardi. Uning yengil soyasi yerda, o‘zidan ancha oldinda o‘rmalab borardi — 
endi oy Margaritaning yelkasiga yog‘du sochardi. 
U suv yaqinligini sezdi, demak manzil shu o‘rtada. Margarita qarag‘aylar orasidan uchib chiqib, 
bo‘rjar labiga ohista uchib keldi. Jarning oy shu’lasi tushmagan tubida daryo oqardi. Bu tikka jar 
etagida tuman butalar shoxiga ilinib turar, daryoning narigi sohili esa yassi va past edi. U yerda bir to‘p 
bo‘lib o‘sgan allaqanday sershox daraxtlar ostida yonayotgan gulxandan uchqunlar chatnar va 
qandaydir sharpalarning izg‘ib yurgani ko‘rinardi. Margaritaning qulog‘iga o‘sha yoqdan g‘ashga 
teguvchi allaqanday sho‘x muzika eshitilganday bo‘ldi. Undan narida — to ko‘z yetgungacha oyning 
kumush shu’lasiga g‘arq bo‘lgan tekis dashtda na biron kulba, na qilt etgan jonzod ko‘rinardi. 
Margarita jar yoqasidan pastga sakrab, zum o‘tmay o‘zini daryo bo‘yida ko‘rdi. Samoviy parvozdan 
so‘ng uning cho‘milgisi keldi. U cho‘tkani bir chetga otib yuborib, yugurib kelib suvga sho‘ng‘idi. 
Uning qushday yengil jismi mavjlarga misoli kamon o‘qiday botib, olamjahon suv ustunini deyarli 
oyga qadar sachratdi. Suv xuddi hammomdagidek iliq ekan, Margarita suv qa’ridan ko‘tarilib, daryoda 
hech zog‘ yo‘qligidan foydalanib, rosa miriqib suzdi... 
Margarita oxiri sohilga chiqdi. Uning badani cho‘milish oqibatida qizib ketgan edi. Endi u hech 
qanday charchoq sezmay, jiqqa ho‘l maysa ustida shodlikdan o‘yin tusha boshladi... 
Keyin u qattiq hushtak chalgan edi, oldiga cho‘gkasi uchib keldi, u cho‘tkaga minib olib, daryo 
ustidan narigi sohilga uchib o‘tdi. Bo‘r tog‘ining soyasi bu yerga yetmagan, shu bois butun sohil oy 
yog‘dusiga g‘arq bo‘lib yetardi. 
Margaritaning oyog‘i shudring ingan o‘tloqqa tegishi bilan sambittollar ostida chalinayotgan 
muzika balandroq yangradi va gulxan uchqunlari shoda-shoda bo‘lib yanada sho‘xroq chatnadi. 
Navdalariga nafis va momiq kuchalalar osilgan sambittollar ostida ikki qator tizilishib o‘girgan lunjdor 
baqalar xuddi rezinkadan yasalganday, goh shishib, goh puchayib, yog‘och surnaylarda sho‘x bir 
marshni chalardilar. Bu mashshoqlar qarshisida tol navdalariga osilgan yaltiroq cho‘kaklar notalarni 
yoritar, baqalarning basharalarida gulxanning sarosimali shu’lasi o‘ynardi. 
Marsh Margarita sha’niga chalinayotgan edi. U nihoyatda zo‘r tantana bilan kutib olindi. Daryo 
sathida davra qurib o‘ynayotgan tiaffof badan suv parilari o‘yinni to‘xtatib, suv o‘tlarini silkib 
Margaritapi qutlay boshladilar, shunda huvillagan nimyashil sohilda ularning ingrovchi saslari 
yangrab, aks-sadosi juda olislarga zshitildi. Yalang‘och alvastilar sambittol orqasidan yugurib chiqib, 
bir qatorga tizilishdi va saroy xonimlariga xos tavoze bilan tiz bukib ta’zim qila boshlashdi. Bitta 
takatuyoq jonzod yelib kelib, Margaritaning qo‘lidan o‘pdi, darhol yerga shohi poyondoz yozib, 
qirolicham cho‘milib yengil tortdilarmi, deb so‘radi va yonboshlab hordiq chiqarishni taklif qildi unga. 
Margarita ham taklifni qabul etdi. Shunda takatuyoq unga bir qadah shampan vinosi tutdi. 
Margarita vinoni ichib yuborgan edi, darhol ko‘ngli gulday yashnab ketdi. U Natashani surishtirgan 
edi, uning cho‘milib bo‘lib, o‘z to‘ng‘iziga mingancha yana Moskvaga uchib ketganini aytishdi: u 
tezroq borib, Margaritaning kelayotgani haqida darak berishi va uning uchun libos hozirlashda 
ko‘maklagaishi lozim ekan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin