Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
147
Margarita yana bir siltanib oddinga otilgan edi, boyagi tomlar yer qa’riga kirib, ko‘zdan g‘oyib 
bo‘ldilar, endi ularning o‘rnida pastda elektr chiroqlaridan vujudga kelgan miltillovchi ko‘l paydo 
bo‘ldi va bu ko‘l birdan yoni bilan tikka turdi, so‘ng Margaritaning tepasiga chiqib oldi, oy esa uning 
oyog‘i ostida porlay boshladi. Margarita o‘zining chalqancha uchayotganini angladi va yana asl 
holatiga tushib, o‘grilib qaragan edi, chiroqlar ko‘lining ham endi g‘oyib bo‘lganini, orqada ufqda 
faqat pushti rang shafaqqina qolganini ko‘rdi. Bir lahzadan so‘ng bu shafaq ham yo‘qoldi, shunda 
Margarita o‘zidan balandda, chap tomonida suzayotgan oydan bo‘lak hamrohi yo‘qligini ko‘rdi. Uning 
sochlari allaqachon hurpaygan, oy esa badanini «uv» tortib o‘z nuriga cho‘miltirardi. Margarita pastda 
ikki qator bo‘lib tizilgan siyrak chiroqlarning ikkita o‘tli chiziqqa aylangani va zum o‘tmay orqada 
qolib ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini ko‘rib, o‘zining hayratona tez uchib ketayotganini fahmladi-yu, ammo 
hech nafasi qaytmaganidan hayron bo‘ldi. 
Oradan yana bir necha soniya o‘tishi bilan juda uzoqda, pastda, yer sathida elektr shu’lalaridan 
vujudga kelgan yangi ko‘l porladi, lekin u shu lahzadayoq chirpirak bo‘lib aylanib, yer qa’rida ko‘zdan 
g‘oyib bo‘ldi. Yana bir necha soniya o‘tishi bilan — yana boyagi manzara takrorlandi. 
— Shaharlar! Shaharlar! — deb chinqirib yubordi Margarita. 
Shundan keyin ham u o‘z oyog‘i ostida ochiq qora g‘ilofda yotgan qandaydir shamshirlarning ikki-
uch marta g‘ira-shira tovlanganini va ularning daryo ekanligini fahmladi. 
Parvozdagi ayol boshini yuqoriga, chap tomonga o‘girib, oyning nihoyatda shiddat bilan orqaga, 
Moskva tomon suzayotganini va ayni paytda, ajabtovur qilt etmay turganini ko‘rdiki, bu oy yuzidagi 
o‘tkir tumshug‘i tark etilgan shahar yoqqa qaragan ajdar yo bukri toychoqni eslatuvchi mavhum qora 
dog‘ ko‘zga yaqqol tashlanib turardi. 
Shu mahal Margarita, nazarimda, cho‘tkani bekorga bunchalik shitob bilan uchiryapman, bunaqa 
tezlikda tevarak-atrofni tuzukroq kuzata olmayman ham, parvozdan lazzatlana olmayman ham, deb 
ko‘nglidan o‘tkazdi... 
Margarita cho‘tkaning bosh tomonini oldinga itargan edi, uning dastasi — dumi yuqori ko‘tarildi, 
shunda u uchishni sekinlatib, yer sari pastlay boshladi. Mana shu, xuddi samoviy chanada uchganday 
pastga sirpanib tushish unga eng zo‘r huzur bag‘ishladi. Yer Margarita sari ko‘tarilib kelarkan, uning 
shu paytgacha mavhum bo‘lgan qop-qora sathidagi sirli jihatlari ochilib, jamiki jozibalari oydin tunda 
yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Yer Margaritaga yaqinlashib kelar va uning dimog‘iga endigina 
yashil libos kiya boshlagan o‘rmonlar hidi ufurayotgan edi. Margarita shudringli o‘tloqni burkagan 
tuman ustidan, so‘ng bir ko‘l uzra suzib o‘tdi. Margaritaning oyog‘i ostida qurbaqalar baralla 
qurillashar, qaerdadir, juda olisda poezd negadir yurakni hayajonga solib pishillab borardi. Margarita 
ko‘p o‘tmay o‘sha poezdni ham ko‘rdi. 
U havoga uchqunlar sachratib, xuddi pilla qurti kabi imillab ketib borardi. Margarita undan o‘zib 
ketib yana bir ko‘l ustidan uchib o‘tdi (bu ko‘l sathida yana bitta oy porlab turardi), yana ham pastlab, 
azim qarag‘aylarning uchlariga oyoqlari tegay-tegay deb ucha boshladi. 
Shu payt orqadan havoni tarillatib yirtayotganday mudhish shovqin eshitiddi, bu shovqin 
Margaritaga tobora yaqinlab kela boshladi. Xuddi uchib kelayotgan zambarak o‘qini eslatuvchi bu 
shovqinga ayol kishining ancha chaqirimga eshitiluvchi qahqahasi asta-sekin omixta bo‘la boshladi. 
Shunda Margarita orqasiga o‘grilib, mavhum bir qora qorishmani ko‘rdi. Bu qorishma ancha 
yaqinlashib kelganida uning bir nimaga minib olgan odam ekanligi ayon bo‘ldi. Yana bir ozdan keyin 
u odamning kimligi ham ma’lum bo‘ldi. Bu — Natasha edi. U Margaritaga yetib olib, tezlikni 
kamaytirdi. 
Sochlari shamolda to‘zib ketgan qip-yalang‘och Natasha bir semiz to‘ng‘izga miiib olgan edi, 
to‘ng‘iz oldingi tuyoqlariga portfel ushlab olgan, orqa tuyoqlari bilan jon holatda tinmay tepinardi. 
Uning ko‘zidan tushib, ipiga ilinib qolgan pensnesi ahyon-ahyonda oy shu’lasida yaraqlab qo‘yar, 
shlyapasi esa hadeb ko‘ziga tushib ketaverardi. Margarita to‘ng‘izga tikilibroq qarab, uni tanidi, bu — 
Nikolay Ivanovich edi. Ana shunda Margaritaning qahqahasi o‘rmon uzra yangrab, Natashaning 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin