Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
54
— Vaqt tig‘iz o‘zi. To men uyga kirib chiqqunimcha, u qorasini ko‘rsatmay g‘oyib bo‘lishi 
mumkin! 
— Shunday deng. Xo‘sh, militsiyaga borib, birinchi navbatda nima deysiz? 
— Pontiy Pilat haqida gapiraman, — javob qildi Ivan Nikolaevich, shunda uning ko‘z oldi 
xiralashganday bo‘ldi. 
— Xo‘-o‘sh, juda soz! — dedi taslim bo‘lgan Stravinskiy, so‘ng soqolli odamga yuzlanib buyurdi: 
— Fyodor Vasilevich, marhamat qilib grajdanin Bez-domniyning shaharga chiqishiga ijozat bering. 
Lekin bu xona band qilinmasin, o‘rni ham yig‘ishtirilmasin. Chunki grajdanin Bezdomniy ikki soatdan 
keyin yana shu yerda bo‘ladi. Hay, nachora, — deb u shoirga o‘girildi, — sizga muvaffaqiyat 
tilamayman, negaki, muvaffaqiyat qozonishingizga zig‘ircha ham ishonmayman. Hademay 
ko‘rishgunimizcha xayr! — U o‘rnidan turdi, qolganlar ham qimirlab qolishdi. 
— Yana qaytib kelishimga qanday asosingiz bor? — xavotirlanib so‘radi Ivan. 
Stravinskiy aynan shu savolni kutayotgan bo‘lsa kerak, darhol yana o‘rniga o‘tirib, gapira boshladi: 
— Asos shuki, siz ichki ishtonda militsiya idorasiga borib, Pontiy Pilat bilan shaxsan tanish bo‘lgan 
odamni uchratdim, deb aytishingiz bilan, o‘sha zahoti sizni g‘izillatib bu yerga olib kelishadi-yu, yana 
o‘zingizni aynan shu xonada ko‘rasiz. 
— Ichki ishtonning bunga nima daxli bor? — so‘radi Ivan esankirab atrofga nazar tashlarkan. 
— Eng muhim sabab — Pontiy Pilat. Lekin ichki ishton ham katta ahamiyatga ega. Zero, ketadigan 
bo‘lsangiz, egningizdagi davlat kiyimini yechib olib, sizga o‘z kiyimingizni beramiz. Ma’lumki, sizni 
bu yerga ichki ishtonda olib kelishgan. Holbuki, men shama qilib aytgan bo‘lishimga qaramay 
uyingizga kirishni xayolingizga ham keltirmadingiz. Keyin navbat Pilatga keladi-yu... ish pishadi-
qo‘yadi! 
Shu chog‘ birdan Ivan Nikolaevich o‘zini juda g‘alati his qila boshladi. Uning irodasi darz 
ketganday bo‘ldi, o‘zining zaif ekanligini, o‘zgalar maslahatiga muhtojligini his qila boshladi. 
— Bo‘lmasa, nima qilay? — deb so‘radi u endi jur’atsizlik bilan. 
— Bu boshqa gap! — dedi Stravinskiy. — Bu o‘rinli savol. Endi sizga aslida nima bo‘lganligini 
men gapirib beraman. Kecha, kimdir Pontiy Pilat va boshqa narsalar haqidagi hikoyalari bilan sizni 
qattiq cho‘chitib, dilingizni og‘ritgan. Oqibat, siz tajang bo‘lib, asabingiz buzilib, shahar kezib Pontiy 
Pilat haqida gapira boshlagansiz. Turgan gapki, sizni jinni deb hisoblashgan. Bu kechinmalardan xalos 
bo‘lishingiz uchun hozir yagona yo‘l — mutlaqo xotir-jamlikdir. Binobarin, siz albatta shu yerda 
qolishingiz kerak. 
— Axir uni qo‘lga olish kerak-ku! — dedi Ivan endi yolvoruvchi ohangda. 
— Yaxshi, lekin buning uchun o‘zingiz yugurishingiz shartmi? Yaxshisi, siz o‘sha odam haqidagi 
shubhalaringizni, uning ayblarini yozma ravishda bayon qilib bering. Bayonotingizni tegishli joyga 
osongina jo‘natishimiz mumkin. Mabodo, o‘sha odam haqiqatan ham, siz aytgandek, jinoyatchi bo‘lib 
chiqsa, bu narsa xiyol vaqt o‘tmay aniqlanadi. Lekin faqat bitta shart bor: boshingizni ko‘pam 
qotirmang, Pontiy Pilat haqida mumkin qadar kamroq o‘ylang. Odamlar nimalarni o‘ylab topmaydi! 
Hammasigayam ishonaverish kerak emas. 
— Tushundim! — dedi Ivan qat’iy ohangda. — Iltimos, menga qog‘oz bilan qalam berishsin. 
— Qog‘oz bilan kalta qalam bering, — buyurdi Stravinskiy semiz xotinga, so‘ng Ivanga bunday 
dedi: — Lekin maslahatim, bugun yozmang. 
— Yo‘q, yo‘q, shu bugunoq, albatta shu bugun yozaman, — hayajonlanib qichqirvordi Ivan. 
— Ha, yaxshi. Faqat miyangizni ko‘p qotirmang. Bugun yaxshi chiqmasa, ertaga chiqadi. 
— U ketib qoladi-ku! 
— Aslo, — qat’iy e’tiroz bildirdi Stravinskiy, — hech qayoqqa ketmaydi, kafolat beraman. 
Yodingizda bo‘lsin, bu yerda sizga har jihatdan yordam berishadi, shu yordamsiz ishimiz olg‘a 
jilmaydi. Gapimni eshityapsizmi? — birdan o‘z savoliga urg‘u qo‘yib dedi Stravinskiy va Ivan 
Nikolaevichning ikkala qo‘lidan ushlab oldi. Uning qo‘llarini qo‘yib yubormagan holda, Ivanning 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin