Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
yonig‘a borib o‘lturmay yo‘lakning yarmidan qaytdi. Qaytishi hamono yuqoridan uchib 
o‘tkan bir-ikki moshak qushning chev-chev-chev degan tovshini eshitib ko‘kka qaradi. 
Shimol-sharqig‘a to‘g‘ri otilib o‘qdek uchib borg‘an moshak qushlarg‘a qarag‘anicha 
yo‘lak-dan uy tomonig‘a qayrilib ketkanini o‘zi ham sezmay qoldi. Jannat opa ayvong‘a 
chiqqanda, Otabek ustidagi zanbil to‘rt enlik yuqorig‘a ko‘tarilib, tag‘in sekingina uni 
bosib tushkan edi. Jannat opa eshikni ochib, uyga kirganda, ul ohistagina zanbil ostidan 
chiqdi, uning yurak tepishi hali ham shiddatlik edi. Daricha yonig‘a yurib keldi-da, 
hamon hujumga hozirlang‘andek ichkariga quloq solib turdi. Jannat opaning «eshik 
zanjir» degan tovshini eshitkach, rohat tin oldi va daricha yonig‘a cho‘nqaydi. 
Homid: 
— Bo‘lmasa, dushanba kuni kechasiga bo‘lsin! 
Sodiq: 
— Biz qaysi kunga desangiz ham hozirmiz! 
Mutal: 
— Menga qolsa, shu topta borsaq deyman! 
Homid: 
— Yaxshisi dushanba kun, undan nariga o‘tkani ham yaramag‘andek, berisi ham 
foydasiz bo‘ladir, chunki bir-ikki kun bunga hozirlik ham kerak. 
Sodiq: 
— Tag‘in qanaqa hozirligi bor? 
Homid: 
— Olib chiqg‘andan so‘ng, uni Marg‘ilon ichida olib turib bo‘lmaydir: to rom qilg‘uncha 
birarta qishloqg‘a yuborishka to‘g‘ri keladir. Olib chiqishimiz dushanba kechasining qaysi 
paytiga to‘g‘ri kelishini ham hozirdan aytib bo‘lmaydir. Olib chiqg‘an zamon Marg‘ilondan 
chiqarilib yuborilmasa, kunduz kuni chiqarish tag‘in xavflik. Kechasi ma’lum, Marg‘ilon 
darbozalari yopiq bo‘ladir. Shuning uchun birarta darbozabonni qo‘lga olib qo‘ymog‘imiz, 
albatta, kerak... 
Sodiq: 
Yaxshi maslahat, qutidornikiga qanaqa qilib tushamiz? 
Homid: 
— Masalaning bu yog‘ini ham o‘ylashimiz kerak ekan hali! 
Sodiq: 
— Eng yaxshisi darbozasidan kirish! 
Mutal: 
— Darbozasidan kirib bo‘lmasa, tomidan oshib tushamiz! 
Sodiq: 
— Ha-ha-ha, balli, Mutal to‘ram! 
Mutal: 
— Kulishingni bejo qilma, hez Abdikarim! San hali dunyog‘a kelib nimani ko‘rding-ku, 
sanga kulish tushib qoldi! Bu bosh dunyoga kelib nimalarni ko‘rmadi-a? Bunaqanggi 
qochiriq ishlarni endi qilib turipti, deb o‘ylaysanmi? Eyxa-x-x, Mutal akang nimalarni 
qilmadi? Xa-xa-xa... Musulmonsan otangning arvoyi, Homid aka! Bir kuni Jonkeldiboy 
hasratini qilib Hotam to‘raning o‘g‘lini yaxshi ko‘rganligini, diydoriga to‘yolmay besar 
bo‘lg‘anini arz qilib qoldi-ku, yonimda Qalandar polvon bor edi, Jonkeldiga, bo‘lmasa o‘n 
oqta ber bizga, biz Qalandar bilan birga do‘ndiqchangni muhayyo qilib beraylik, dedim. 
Jonkeldi o‘lib turg‘an ekan, quloq qoqmay xo‘b, dedi. Biz qalandar bilan tunni yarim 
qildiq-da, Hotam to‘raning havlisiga keldik. Ishning ebini jo‘blab qarasaq juda kashal, 
devor — tosh hamin! Oshib tushishning sira o‘nqovi yo‘q. Bu ishkalni ko‘rgan 
Qalandarning tarbuzi qo‘ltug‘idan tushib «besh oqtani qaytarish uvol-ku?!» dedi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin