Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
Bersa ichaberaman, qix... o‘zim xotin bo‘lsam ham Mutal polvonlarning o‘nini 
qochiraman, qix... 
Bu so‘zdan so‘ng, uy ichini kuchlik bir kulgi tovshi qopladi. Kulgi bosilg‘ach, so‘z 
boshlandi: 
— Endi shuni ichasiz, Homid aka! 
— Yo‘q, Sodiqboy inim, men juda ham bo‘lib qoldim, o‘zi ham juda kuchlik chiqg‘an 
ekan. 
— Ichmasangiz qo‘ymayman, nekin... 
— Mutal polvonga ber! Siz oling-chi shuni! 
— Aniq ichmaysizmi? Kumush opamning salomatligiga ham ichmaysizmi? 
Bu so‘zni eshitkan Otabek ixtiyorsiz o‘rnidan turib ketdi. Jannat opaning xi-xi-xi qilib 
kulgan tovshi eshitildi. 
— Orag‘a nozik bir ismni kelturib solmasang, xudo haqqi ichmas edim. Qani, bo‘lmasa 
ber-chi, Kumush apangning salomatligi hammadan ham menga kerakdir. 
— Xa-xa-xa, nozik joydan ushladimmi? 
Otabek bu so‘zlarni eshitar ekan, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a o‘zini darichaga hujum qilishdan 
bosib qolg‘an edi. Orada bir muncha mayda so‘zlar so‘zlangach, kim-ningdir ufff, deb 
yuborg‘ani eshitildi. 
— Tag‘in nima bo‘ldi, Homid aka? 
— Bu kungi gap juda ham meni cho‘chitib qo‘ydi-da, Sodiqboy! 
— Maning gapimga nima uchun ishonmaysiz, axir! Yuz martaba sizga aytib yotibman-
ku, xumsani darbozadan chiqardim, tag‘in qanchag‘acha orqasidan borib to karvonlarga 
qo‘shilib ketkuncha kutdim, so‘ngra qaytib keldim, deb. Agar o‘sha ketishi bo‘lsa, bu kun 
xudda Qo‘qong‘a borib yetkan. 
— Ey, san bilmaysan, uka! 
— Nekin manga qolsa, shu ishdan hech bir qo‘rqa--turg‘an gap yo‘q, usta bilan 
tanishlig‘i bo‘lsa, uning uyiga mehmon bo‘lg‘andir, savdogarchilig‘i bo‘lsa Marg‘ilong‘a 
kelgandir, axir ketib turg‘andag‘i so‘zini o‘z qulog‘ingiz bilan eshitdingiz-ku! 
— Bu mulohazang tuzik-ku, biroq men bilan achchig‘lashqan bir kishinikida mehmon 
bo‘lishi boshni qotiradir, tag‘in sizlarning havlilaringiz yonida... 
— Agar sirringizdan usta Alimning xabari bo‘lsa, ul vaqtda qo‘rqsangiz ham arziydir. 
Ammo menga qolsa u xumpar (Otabekni aytadir) Marg‘ilonda xotini borlig‘ini ham unitib 
yuborg‘an, deb o‘ylayman. 
— Maning bu sirrimni sizdan boshqa hech kim bilmaydir. Umarbek bilan bir oz nari-
beri bo‘lib qolg‘an edik, haytovur tag‘in orani ochib yubordiq. 
— Undoq bo‘lsa tag‘in nimadan qo‘rqasiz? 
— Men uning Toshkand ketishini ko‘z bo‘yash uchun bo‘lg‘an hiylami, deb qo‘rqaman. 
— Xayr, ketmagan ham bo‘lsun: ul holda o‘zingiz aytkandek qilib to‘ppa-to‘g‘ri ertaga 
Salim sharbatdor-ning oldig‘a boraman-da, o‘g‘lingni Mirzakarim akaning ilgarigi 
toshkandlik kuyavi o‘ldirdi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deyman. Ana undan so‘ng 
xumsaning holig‘a maymunlar yig‘lasin! Agar ul sirringizni bilgan bo‘lg‘anda ham 
allaqachon kelaturgan ishka tushunib olib, Marg‘ilondan dumini xoda qildi, desangiz-chi! 
— Qix... Sodiqning gapi jo‘yalik, — deb qo‘ydi Jannat opa. 
Otabek bu so‘z dahshatidan titrab ketkan edi. Sodiq davom etdi: 
— Endi ishning bo‘ladirg‘anini o‘ylash kerak, sizning qo‘rqoqlig‘ingizni ko‘rib, mana 
Mutal polvon ham uxlab boshlabdir. 
— Uxlag‘anim yo‘q, hez, doringdan quy-chi! 
— Mutalboy o‘rtoq, — dedi Homid, — biz biravning yaxshilig‘ini unutaturg‘an kishi 
emasmiz. O‘rtog‘ingiz Sodiqboy men bilan birgalashib kamlik ko‘rmadi, avvali xudo, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin