Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

9. HOJI ETAK SILKKAN 
To‘rda qutidor, uning yonida mahallaning imomi Yunus Muhammad oxund, yurt og‘asi 
Pirnazar jallod va Sotiboldi otalig‘ yana bir keksa o‘lturar edilar. Pirnazar jallodning 
yonida Otabek va Sotiboldi akaning qatorida Yusufbek hoji edilar. Oyog‘da Hasanali 
meshdan qimiz quyar edi. 
So‘z to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tkan qipchoq qirg‘ini ustida ketib, Yusufbek hoji bu 
to‘g‘rida so‘zlar edi. 
— Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim... Esimni 
tanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini 
ko‘zlab kelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan 
go‘yo yosh bola kabi aldandim... Ululamir bo‘lg‘an kishi ham shu manfaatparastlarning 
xarob fikrlariga quloq berib, bizdek odamlardan bu to‘g‘rida bir og‘iz kengash so‘rashni 
unutdi. Holbuki, Musulmonqul balosidan uni najotka chiqarg‘uchilarning bittasi biz edik. 
Natijada ersa so‘zi — so‘z, kengashi — kengash bo‘lg‘anlar shu uch-to‘rtta kalla buzarlar 
bo‘lib, bizga o‘xshag‘anlarning darajamiz yosh boladek aldanish ekan... 
Yunus Muhammad oxund uning so‘zini bo‘ldi: 
— Ey hoji, — dedi, — hamma fasod ululamirda, agar ululamir durust odam bo‘lsa, 
uch-to‘rtta muttahamning yomonlig‘i hech qayerg‘a bormas va buncha gunohsiz 
bechoraning qoni o‘rinsiz to‘kilmas edi. Janobi payg‘ambari xudo hadisi shariflarida 
aytadirlarkim, «Bismillahir-rohmanir-rohim qola an-nabiyu alay-hissalom: Izo vasada al-
amru ilo g‘ayri ahlihi fantazir as-soata, ya’ni ul sarvari koinot marhamat qilurlarkim, 
agar bir qavmning ishi noahl odamg‘a topshirilg‘an bo‘lsa, bas, o‘shal qavmning 
qiyomatini yaqin bil, ya’ni halokatiga muntazir bo‘l». Bas, bizning korlarimiz ham ko‘b 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin