Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
so‘ng hammaning ko‘zi ittifoq qilg‘andek Kumushka tushdi. Kumush uyalib yerga qaradi. 
Bir necha vaqt jim qolishib Mohira oyim Oftob oyimdan so‘radi: 
— Marg‘ilondan yetib kelguncha ham juda bir yerga yetkandirsizlar? 
— Uncha  charchag‘animiz  yo‘q, — dedi  Oftob oyim,— o‘zi Marg‘ilondan 
Toshkandgacha arava yo‘li o‘n kunlik ekan, biz charchamayliq, deb sekin-sekin o‘n ikki 
kunda keldik. 
— Yo‘l loydir? — deb so‘radi Mahinabonu. 
Loy emas, — dedi Oftob oyim, — yo‘l juda yaxshi ekan — ikki yoqda ko‘m-ko‘k 
maysa, qirlarda lolalar, yo‘lning juda ham tomosha vaqti ekan. 
So‘z navbati O‘zbek oyimg‘a keldi: 
— Kelmaganlaringizda Otabekni endi sira ham yubormasliqqa qaror qo‘yg‘an edim, — 
dedi, — booo xudo, o‘g‘lim, uch yildan beri oy sayin Marg‘ilong‘a qatnab zerikmadingmi, 
endi ular ham kelsin axir, deb yo‘ldan to‘xtatqan edim. 
Kumush Otabek ismini eshitkach, sekingina ko‘tari-lib qo‘ydi. Oftob oyim Hasanalidan 
hamma sirni o‘rganib olg‘an, shuning uchun O‘zbek oyimning dovdirashiga tushundi: 
— Yuzimizga solmasangiz ham juda uyatlik bo‘l-g‘anmiz, — dedi. 
Zaynab dasturxon ko‘tarib kirdi va mehmonlarga «Xush kelibsiz» aytkandan so‘ng 
dasturxonni yozdi. Dahlizdan — Oybodoq qo‘lidan yasalg‘an barkashlarni olar ekan, bir-
ikki qayta yer ostidan Kumushka ko‘z yubordi va Kumushning ko‘zi ham uning keyingi 
qarashida to‘qnashib oldi. Barkashlar qo‘yilib bo‘ldi. Oybodoq to‘rt choydish choyni mis 
tekligi bilan kirgu-zib berdi. Zaynab choydishlar yoniga mehmonlarga choy quyish uchun 
o‘ltirdi. O‘zbek oyim chiqib borg‘an Oybodoqni to‘xtatib so‘radi: 
— Qassob kelganmikin? 
— Boya kelgan edi. Oyimlardin fotiha olib bersangiz, qo‘yni chiqarib berar edim. 
O‘zbek oyim qudachasig‘a qaradi: 
— Fotiha berasizmi, quda! 
Oftob oyim Mohira oyimg‘a qaradi. 
— Fotiha beringiz, oyi! 
— Qo‘y sizga atalg‘an, — dedi Mohira oyim. — Fotiha berish sizning haqqingiz, biz 
bo‘lsaq fotihani ko‘b berganmiz... 
O‘zbek oyim ham «siz bering» degandek qilib Oftob oyimg‘a imladi. Oftob oyim 
uyalinqirab fotiha berdi. Oybodoq chiqg‘andan keyin dasturxonga qaradilar va «oling-
oling» bilan bir-birlarini qistasha boshladilar. Boyag‘idek ko‘bchilikning ko‘zi Kumushda 
edi. Ayniqsa O‘zbek oyim suqlanib unga qarar va tomoqqa qistar edi: 
Ol bolam, ol! Men tomoqdan uyalaturg‘an kishini yomon ko‘raman. Yoki eshikdan 
kirishingdanoq sansi-ray boshlag‘anim uchun xafa bo‘ldingmi? 
— Xafa bo‘lish emas, so‘yindim, — dedi Kumush va dasturxondan cho‘qindi. 
Oftob oyim: 
— Sansirashingiz uch yildan beri Kumushni bolam, deb yurganingizni bizga ochiq 
onglatdi. Ayniqsa men buning uchun sizdan minnatdorman. 
Karima otin: 
— Kishi o‘z bolasini sansiraydir, begonani ham sansirasin-chi. 
Zaynab: 
— Meni ham chimildiqdan chiqishim bilanoq sansi-ragan edilar... 
O‘zbek oyim: 
— Men yaqin ko‘rgan kishimni sizsiray olmayman.— deb maxtang‘an sumol bo‘lib oldi, 
— hoy Kumush, ol, jilla qurisa anuv varaqidan bir-ikkita ye, yuraging uzilg‘andir. 
Kumush uzr aytdi: 
— Charchadim shekillik, — dedi, — ishtihom bo‘g‘il-g‘ang‘a o‘xshaydir... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin