Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
Eng keyin orqadan Zaynab ko‘rindi. Chunki ul uydan endi chiqib kelgan edi. O‘zbek oyim 
kulib Kumushka qaradi. 
— Qani, o‘zing tani-chi, kim ekan bu? 
Kumush hayron bo‘lib qolmadi... Ipaklar ichiga g‘arq bo‘lg‘an  Zaynabka  qarab olib, 
unga tomon adim tashladi: 
— Zaynab opam! — dedi. Zaynab ham kulimsiragan holda Kumushka yaqinlashib 
keldi... Ikki kundash «esonmisiz, omonmisiz, eson-omon yuribsizmi...» so‘z-lari bilan 
ozorsiz qilib bir-birining yelkasiga va qo‘ltiq ostig‘a qo‘l yuborishdilar. Ular ko‘rishib 
turg‘anda yo‘lakdan Yusufbek hoji ko‘rinib, qochadirg‘an xotinlar o‘zlarini chetka oldilar. 
Hoji ularning oldig‘a — yuzaga chiqg‘ach,Oftob oyim salom berib ro‘ymoli bilan tomog‘ 
ostlarini o‘rab oldi. Hoji qudachasi bilan so‘rashib: 
— Barakalla, singlim! Haytovur charchamay kelding-larmi, men sizlarni ovora 
qildimov, — deb uzr aytib kulgan va uyalib borg‘an qudachasig‘a yengillik bergan bo‘ldi. 
— Qani, bek otasi, ko‘rmanani bering-chi! — dedi O‘zbek oyim Kumushni imlab. 
Kumush uyalib zo‘rg‘ag‘ina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinig‘a kelib bo‘yin 
egdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayig‘a 
tegizib olg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi: 
— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘an 
ekanmiz-da, — deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duog‘a ochdi. — Bizni shunchalik 
siylab kelibsizlar, bu yaxshiliqlaringiz bizdan qaytmasa, xudodan qaytsin. Olloh taolo 
yoshlarg‘a tinch va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul duo... 
Hamma duog‘a yuz siypashdilar. So‘ngra Yusufbek hoji Kumush bilan Zaynabka 
qaradi: 
— Men sizlarning ko‘rishib turg‘anlaringizni ko‘rib juda quvondim, — dedi. — Mundan 
so‘ng ham shu yo‘sunda bir-birlaringizga egachi-singildek bo‘lmoq-laringizni tilayman, — 
dedi va O‘zbek oyimg‘a: 
— Qani, mehmonlarni ichkariga olinglar, — deb o‘zi tashqarig‘a burildi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin