Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
— Shuning uchunki qudachangiz kelinsiz qolaman deb orag‘a tushadir, ammo men 
shu yerda bo‘lsam, albatta tiliga kaltak keladir. 
Oftob oyim hamon oyog‘ uzatmadi, qizig‘a yalinib ko‘rdi: 
— Yosh joning bor, qizim, — dedi, — biravga yomonliq sog‘inma, man bilan birga ket, 
nima qilishsa o‘zluk-o‘zi qilishsin... Zaynab ham umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yg‘an. 
— Siz tushunmay yotibsiz, — dedi Kumush va eshikdan oyog‘ tovshini sezib gapni shu 
yerda to‘xtatdi. O‘zbek oyim so‘zlanib kirdi: 
— Nega muncha shoshmoq, yov quvladimi, aqalli bir oy bo‘lsin... Marg‘ilon degan 
yurtdan ot-otlab, tuya qo‘mlab kel emish-da bir oyg‘ina turmay ket emish! — Oftob oyim 
bilan Kumush uning hurmatiga o‘rinlaridan turdilar. O‘zbek oyim o‘ltura-o‘ltura so‘radi. 
— Hali eshitdinglarmi? 
Eshitdik, — dedi Oftob oyim biz ham shuning mojarosida edik. 
— Axir shu ham gapmi, xudda allakimlarga o‘xshab. 
Oftob oyim uzr aytdi: 
— Uyimiz yolg‘iz, shunchalik sizlarni ozor chekdirdik... Begona kishinikida ham 
yigirma kun turayliq-chi... Xudda o‘z uyimizdek yayrab-yashnadiq, sharofatlaringiz 
soyasida ko‘b kishilar bilan tanishdiq, izzat-ikromlaringiz ta’rifidan ojizmiz... Endi navbat 
sizlarning ham bizning shaharlarga borishlaringizg‘a keldi. 
— Bekor gap, — dedi O‘zbek oyim, — hali qudalarimizni muddaodagidek siylay 
olg‘animiz yo‘q, shu holda jo‘natsaq bizning sha’nimizga yaxshi emas... Men qudamning 
oldig‘a chiqaman, bizga nomus keltirmakchi bo‘lsa ertaga jo‘naybersin. 
Oftob oyim takror uzr aytdi: 
— Bizni uyaltirmoqchi bo‘lsangiz mayli, chiqing, agar xursandligimizga qarasangiz
qo‘ying. Kumushingiz ham; shuncha turg‘animiz bas, endi Zaynabni olib oyimning o‘zlari 
biznikiga borsinlar, deydi... 
Ketish orasig‘a Kumush ham kelturilib siqilg‘ach O‘zbek oyimning haligi 
odamgarchiliklari keyingi navbatka qoldi. 
— Hali Kumush ham ketmakchimi? 
Kumush kulimsirab onasig‘a qaradi. Oftob oyim uzr aytdi: 
— Shukur, sizning oldingizda Zaynabnisa bor. Manim bo‘lsa qanot-quyrug‘im shu 
Kumush. Ayniqsa, Kumushingizga javob bermasangiz bo‘lmas, oyi. 
O‘zbek oyim Kumushka xo‘mrayib oldi: 
— Yo‘q-yo‘q Oftobbonu, — dedi, — sizlarga javob bersam-da, Kumushka yo‘q. 
— Shu galcha javob berasiz, men sizdan so‘rayman. 
— So‘zingiz yerda qoladir, buv Oftob, bir oz andisha ham lozim, — dedi va Kumushka 
yuzini o‘girdi, — uyat emasmi, kelin? Kecha kelding surilib, bu kun ketkin burilib. 
— Menda ixtiyor yo‘q, oyijon, — dedi Kumush, — sizlar nimani ma’qul ko‘rsalaringiz 
menga baribir. 
O‘zbek oyim boshi bilan keliniga rizoliq bildirib «barakalla» deb qo‘ydi. Oftob oyim 
qizig‘a o‘qrayinqirab yer tegidan qaradi: 
— Albatta Kumush nima ham desin? — dedi, Kumushning ham haligidek qololmaslig‘a 
faqat meni ko‘zi qiymag‘ani uchun... bo‘lmasa albatta ketmas edi. 
O‘zbek oyim bir gapdan toymay: «Ketish uyat, Otabek, uch yil qatnag‘anda qizingiz 
bir yilgina Toshkandda tursa nima qipti...» kabi so‘zlarni o‘zgarishsiz bir maqomda aytilib 
turg‘andan keyin Oftob oyim boshqa yo‘l tutmoqchi bo‘lib, Kumushni uydan chiqib 
turishka buyurdi. Kumush chiqg‘andan so‘ng: 
— Qizini menga qoldirishg‘a ayadi demang, oyi, — deb qo‘ydi, — munda boshqa 
mulohazalar ham yo‘q emas... 
— Ayting. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin