Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
Oftob oyim bo‘g‘ilib, foydasiz tortishib o‘lturishni tark qildi. Endi bu to‘g‘rida eriga 
murojaat qilmoqchi edi... 
Marg‘ilong‘acha aravani Hasanali minadirgan bo‘ldi. Chunki Marg‘ilondan arava minib 
kelguchi yollanilg‘an kishi bo‘lib, Toshkandga kelishning ertasi kuni hisobini olg‘an edi. 
Qudalarning qaytishi chinga aylangandan keyin, yo‘l taraddudi boshlandi. O‘zbek oyim 
bo‘g‘irsoq qovirtirish, talqon tuydirish, to‘qoch yopdirish bilan mashg‘ul bo‘ldi. 
Oftob oyim eridan ham qo‘lini yuvib qo‘ltug‘ig‘a urgan edi. «Hoji afandi birar yil tursin
deb aytdi. Endi bir yilni o‘zimizcha ko‘rmasak bo‘lmas. Ikki oyog‘imizni bir etukka 
tiqishimiz uyatka o‘xshaydir» deyishi va so‘zga quloq ham solmay — «mehmonxonada 
hoji bor, sen bilan yo‘lakda ezilishib o‘lturolmayman, nomus!» deb burilib ketishi 
bechorani juda ham esankiratib tashladi. Oxirda Otabekka ham murojaat qilib ko‘rdi. 
Undan ham asli maqsadni hosil qilolmay, faqat ularnikidan jo‘yalikroq uzr eshitdi. 
Otabek qayin onasining fikriga qisman qo‘shilib «Nima bo‘lsa ham besh-o‘n kun og‘irliqni 
manim uchun o‘z ustingizga olasiz. Agar men sizning talabingizni ma’qul qiladirg‘an 
bo‘lsam, ayniqsa qizingizning ko‘ngliga shubha keladir... Sizga aytkulugi yo‘q, bu 
to‘g‘rig‘a manim aralashmog‘im yaxshi bo‘lmas. Kundash adovati borasidagi fikrlaringiz 
to‘g‘ri va lekin ish u darajalarga yetmas, deb o‘ylayman... Juda bo‘lmaganda 
Kumushning o‘zini oldingizg‘a jo‘natarman, xotirjam bo‘ling!» dedi. 
Oftob oyim shu yo‘sun har tarafdan ham umidsiz-lanib, mengravsib qoldi. Kumushni 
ko‘rgan sayin allanuchka yuragi achir, judoliq kunlarini aslo tasavvur qilolmas edi. 
Kumush bo‘lsa, onasining hozirgi holiga aching‘andek, unga yaqinlashmay, chetlab yurar 
va ikkinchi tarafdan Zaynabning bir yarim qarich osilib ketkan qovoq-dudog‘ig‘a 
istehzolanib tomosha qilar edi. 
Yo‘l hozirliklari bitib, O‘zbek oyimning Oysha kampirga atab tikdirgan sarupolari ham 
bitdi. Bu kun mehmonlarning eng so‘nggi kechalari edi. O‘zbek oyim yarim 
kechalargacha qudachasi bilan so‘zlashib o‘lturdi. 
So‘ngra Oftob oyim bilan Kumushni yolg‘iz qoldirib o‘z uyiga yotqali chiqdi. Ona-bola 
bu kechani birga kechirmakchi edilar. Oftob oyim qudasining ketidan qizig‘a hayfsinib 
qo‘ydi. 
— Onangni firoq o‘tida yondirishdan uyalmading, qizim. 
— Nega yonar ekansiz... 
Nega yonmayin axir, dunyog‘a kelib sendan boshqa ovinchog‘im bo‘lmasa... Agar 
qo‘limdan kelsa achib va yonib turg‘an yuragimni senga ochib ko‘rsatar edim... Koshki 
edi bir shaharginada bo‘lsang. 
Kumush onasining yuragidagi o‘tni hozir sinamasdan ham his etkan, chunki yigirma 
yil o‘z quchog‘ida o‘sdirg‘an onadan ajralish uning o‘ziga ham og‘ir tuyulib boshlag‘an 
edi. 
— Besh-olti oy... hech narsa bo‘lmas, oyi. Eson bo‘lsaq tag‘in ko‘risharmiz. 
Oftob oyim ko‘z yoshisini duv to‘kib yubordi. Nachog‘lik o‘zini qattig‘ ushlagan 
Kumush ham sirrini yashirolmadi... Ona-bola bir necha vaqt yig‘i ichida bo‘-g‘ildilar. 
— Qolishg‘a-qolding, — dedi oxirda ona, — ammo qayin ota va qayin onalaringg‘a 
xizmat qil, yaxshiliqni qo‘lingdan berma, ayniqsa, kundashingga yomonliq sog‘inma, 
yaxshiliqdir, yomonliqdir har nimaiki o‘zlari qilsinlar, zinhor sen aralashma. 
— Manim nima ishim bor... 
— Albatta ishing bo‘lmas... Shundog‘ bo‘lsa ham men kechagi so‘zingdan cho‘chib 
qoldim. Kunda-shingning ko‘rinishi bayovg‘a o‘xshasa ham, ammo o‘zi pismiq ekan... 
Bunday odamdan albatta hazar kerak. Agar oralaringg‘a savuqchiliq tushadirg‘an bo‘lsa, 
sen o‘chakishib yurma, yaxshisi qayin otangg‘a uzringni aytib, bu uydan ketish 
harakatini qil. Men bu to‘g‘rida ering bilan ham so‘zlashib qo‘ydim, tuzikmi? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin