Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
— Kumush, — dedi kulimsirab, — qaytar emishmiz, dadang aytibtilar. 
Kumush qo‘lida nimadir tikib o‘lturg‘an edi. Ko‘zini ishdan olmadi: 
— Qaytsalaringiz, xayr-xo‘sh. 
Bechora ona qizining louboli bu gapidan bo‘shashib ketdi va ne zaylda o‘lturib 
olg‘anini bilmadi: 
— Nima deysan? 
Kumush iljayib onasig‘a qarab qo‘ydi, yana ishini tika berdi: 
— Ketsalaringiz xayr-xo‘sh. 
— Sen-chi? 
— Men qolaman. 
Oftob oyim tushunolmay qizig‘a bir necha vaqt tiki-lib turdi. Kumush unga qaramay 
nina sanchar edi. 
— Hazilingni qo‘y. 
— Hazilim emas — chinim. 
— Uyat emasmi? 
Kumush kuldi: 
— Nega uyat bo‘lsin? 
— Qo‘y-chi! 
— Qolsam o‘z erimniki, — dedi Kumush, — begona emaski uyat bo‘lsa... 
Oftob oyim o‘t ichida qolg‘andek toblandi: 
— Birav qol, demasa ham qolaberasanmi? 
Kumush  ishini  yonig‘a  qo‘yib endi onasig‘a qaradi: 
— Avvalo bu yerda qolishimg‘a sizdan boshqa hech bir qarshi kishi yo‘q. Zaynab 
sizning yoningizg‘a o‘tsa ham, biroq uning xohishini menga ahamiyati yo‘q. 
— Esing o‘zingdami, bola? 
— O‘zimda, — dedi kulib, — man sizning qizingiz Kumush... Hozir Toshkandda o‘z 
erimnikida o‘lturibman... 
— Erim, deb tuqqan onangdan kechasanmi, yuzsiz? 
— Yo‘q, kechmayman, faqat bir necha vaqt sog‘i-nibqina yuraman. 
Oftob oyim qizining bu gapini eshitib yig‘lab yubordi: 
— Onangning o‘sha sog‘inishqa toqati yo‘q, — dedi,— man sani kundashlik uyga 
ishonmayman... 
— Kundashim bitta bo‘lsa, do‘stlarim sakkizta. 
Oftob oyim ko‘z yoshisini artdi: 
— Kundash bilan hazil o‘ynama, qizim. 
Kumush go‘yo Zaynab ustiga hujum yasayturg‘andek hurpaydi: 
— Ul kundash bo‘lg‘anda men kundash emasmi? 
— Ming qilg‘anda ham, — dedi onasi, — sen chin kundash bo‘lolmaysan. 
— Nimaga? 
— Nimagaki ering sen tarafda, chin kundashlik va chin dushmanlik Zaynab tarafda. 
Kumush kulimsirab onasining qulog‘ig‘a shivirladi: 
— Bu to‘g‘rida xotirjam’ bo‘ling. 
— Nima uchun xotirjam’ bo‘lay? 
— Agar Zaynab manga kundashlik qilabersa, ku-ya-vingiz uning javobini bermakchi... 
Shuning uchun ham manim bu yerda qolishim ma’qul. 
— Javobini bersa, qaytib kelishlik qochmas... 
— Man ketsam, — dedi Kumush, — hech qachon Zaynabka javob bermaydir. 
— Nega bermaydir? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin