Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

15. ESINI KIRGIZDI 
«Kundashlik uyda kunda janjal» deganlar. Albatta buni aytkuchi kishi o‘ylamasdan va 
bilmasdan aytmagandir. Jilla, har kuni janjal bo‘lmag‘anda ham haftada, o‘n kunda bir 
to‘polon chiqmasa albatta kundashni kundash, deb bo‘lmas. Nega desangiz, bizning ba’zi 
bir kundashsiz, chiqitsiz oilalarda ham ikki, uch kunda tovoq-qoshiq sinib, tog‘ora 
yangilanganini har qaysimiz bila-miz, bas, endi kundashlik oilalarimizga kelganda-chi, 
albatta yuqoridag‘i — «kundashlik uyda kunda janjal» maqolini to‘g‘rig‘a, chinga 
chiqarmasdan chora yo‘q. 
Men — yozg‘uchi, «O‘tkan kunlar» hikoyalarini otam marhumdan necha qaytalab 
eshitsam ham zerikmas edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. Bu kun men shu 
«O‘tkan kunlar»ni qalamga olganimda ham o‘sha o‘zimni zeriktirgan faslini tashlab 
o‘tishka majbur bo‘ldim. Darhaqiqat, o‘z oramizda kundash janjalini kim bilmasin? 
Arzimagan gap ustida dunyo buzg‘an kundash to‘polonlari kimning qulog‘ig‘a yoqsin? 
O‘qug‘uchining qimmatlik vaqtini ayag‘animdek, qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod 
qilishni muvofiq ko‘rdim. Meni kechirsinlar. 
Zaynab xafaligi oshqan kezlarda qarindosh-urug‘lari-nikiga yurib chigilini yeshar edi. 
Uch-to‘rt oyning ichida ikki martaba egachisi Xushro‘ynikida ham mehmon bo‘lib ketdi. 
Ammo hozirgisi uchunchi martaba kelishi edi. 
— Nuchuk xudo yarlaqadi! — deb Xushro‘y singlisini qarshiladi. Sunbula oyining 
mo‘’tadil havosiga qaramasdan Zaynab marjon-marjon terlagan edi. 
— Nega muncha o‘zingni oldirib qo‘yding, Zaynab! Uyingdan tinchmisan, ering eson-
omon yuriptimi? 
— Qurib ketsin, — dedi Zaynab va ko‘ziga yosh oldi. Xushro‘y achinish o‘rniga kuldi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin