Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

14. XUSHRO‘YBIBI VA ZAYNAB 
Xushro‘ybibi Zaynabning egachisidir. Mohirabonu-dan ikki o‘g‘ul va ikki qiz dunyog‘a 
kelib, to‘ng‘uchi Azimbek, undan keyingisi Xushro‘y (yoshlig‘ida Xushro‘y o‘rniga Xushra 
der edilar), uchunchisi Karimbek va to‘rtinchisi bizning Zaynab edi. Zaynab egachisi 
Xushro‘ydan yetti yosh chamasi kichik edi. Garchi bu ikki egachi-singil bir qorindan 
talashib tushkan bo‘lsalar ham, sajiya — xarakterda tanib bo‘lmasliq darajada bir-
birlaridan farqlik edilar. Sajiyadagina emas, surat va siymo vajida ham katta o‘zgaliklari 
bor edi. 
Xushro‘y uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi. Zaynab qisqa bo‘y, go‘shtdor va 
oq tanlik edi. Xush-ro‘yning harakati yengil va lavzi tez edi. Zaynab loppos va o‘nta 
so‘zga arang bitta javob qaytaradirg‘an edi. Xushro‘yning ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n 
yoqqa alang‘lar edi. Singlisi bo‘lsa birav bilan betma-bet kelib so‘zlashqanida ham ko‘zini 
hamisha bir nuqtadan uzmas edi. Xushro‘yga bolaliq chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni 
«shaddod» deb ism berganlar, chunki ul kimdan bo‘lsa-bo‘lsin, aytkanini qildirmay 
qo‘ymas, agar birarta ish uning tilagiga teskari ketsa shovqin-suronni xudda boshig‘a 
kiyib olar edi. Shuning uchun Xushro‘yning ra’yini bilmasdan qozon osilmas, unga 
yoqmagan gapka og‘iz ochilmas, ul bor joyda qadam ham sanalib bosilur edi. 
Zaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan «pismiq» deb ism olg‘an, onasi bo‘lsa 
achchig‘i chiqg‘anda «ming‘aymas o‘lgur» deb uni qarg‘ar edi. Ayniqsa quyida zikr 
qiladirg‘an holimiz bu ikki opa-singilning xarakteridagi farqlarini ochib ko‘rsatish uchun 
yetadir: 
Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig‘a kiyimlik oldirar 
edi. Oldirg‘an kiyimlik Xushro‘yg‘a yoqmasa darrav yaramag‘anini aytib almashdirib 
berishka dadasini majbur etar va ko‘ngli-dag‘ini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab 
bo‘lsa o‘ziga kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib 
ham arafa kunlari kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so‘zlashmay qo‘yar edi. 
Mohira oyim qizining birarta ishdan norozilig‘ini payqab «Ming‘aymas, pismiq o‘lgur, 
tag‘in nima jin urdi seni?» deb so‘rag‘anida, Zaynab qovoq-dudog‘ini solib bir og‘iz ham 
javob bermas edi. Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig‘i bilan 
almashar va yig‘i orasi maqsad ochilsa ham ko‘pincha natijasiz qolar edi. Birar joyga 
mehmondorchiliq uchun boradirg‘an bo‘lsalar, Xushro‘y hammadan ilgari e’lon etar edi: 
«Men ham boraman!» Albatta uni qoldirib ketish uchun endi hech kimda had yo‘q. 
Ikkinchi vaqt: «Men bormayman!» Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo 
Zaynab onasi bilan yangasi Hanifa bir joyga otlanadirg‘an bo‘lsalar, «boraman, 
bormayman» demas, ular ham yig‘lamag‘an bolag‘a sut berilmas qabi-lidan 
indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar. Kechqurun qaytib kelsalar bir burchakda 
Zaynab yig‘lab o‘lturipti: 
— Nega yig‘laysan? 
— Nega meni birga olib ketmadingiz... 
Zaynabning shu fe’li balog‘atka yetib, erga tekkandan keyin ham o‘zgarmadi. 
Otabekning Zaynabka bo‘lg‘an munosabatini o‘qu-g‘uchig‘a albatta so‘zlagulugi yo‘q. 
Eri unga oylab, yil-lab qaramay qo‘yg‘anida ham ul ih deb tovush chiqarmadi. 
Otabekning bu holiga qarshi chiqg‘uchi va Zaynabni yo‘l-yo‘ruqqa solg‘uchi yana faqat 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin