Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
Aytsam shuki, — dedi bechora ona, — Kumushingizning fe’li xo‘yi o‘zimga ma’lum: 
erka o‘skan, lavzi tez, kundashlikka chidaydirgan siyoqi yo‘q, har kun Zaynabingiz bilan 
g‘idi-bidi qilaberib sizni qiynab qo‘yarmikin deyman... Bir kuni kelganda onasi qurg‘ur bir 
og‘iz aytmagan edi, deb mendan ranjirmikinsiz deyman... Tana buzoqning turqi 
tuqg‘anig‘a tamg‘a deganlaridek, albatta menga ravshan... arazchi desangiz ham shu, 
ichi qoraliq desangiz ham shunda... 
Shuncha to‘qumadan O‘zbek oyimning yuzida hech bir o‘zgarish sezilmadi: 
— Albatta unaqa gap har kimda ham bo‘ladi, — dedi,— shukur, men bilan hoji otangiz 
tirik bo‘lsaq, undog‘ gaplarga yo‘l qo‘ymaymiz. Zaynab bo‘lsa xudo-ning yaratkan 
maxluqi; urish va araz degan gapni bilmaydir. 
— Zaynabingizning fe’li albatta sizga ma’lum ekan, ammo men Kumushni sizga 
yaxshi, deb aytalmayman. 
— O‘z bolasini yomonlag‘uchini, — dedi kulib O‘zbek oyim, — men o‘z umrimda 
birinchi martaba ko‘rdim... Undan ko‘ra bolamni senga ishonmayman, deb ayting. 
— Nega ishonmayin, faqat qozonimdag‘ini sizg‘a suzib qo‘ydim... 
— Nima bo‘lg‘anda ham Kumushka javob yo‘q. 
— Xo‘b qolsin, — dedi Oftob oyim, joni kuyib asabiylashkan edi, — Kumushdan har na 
yomonliq ko‘rsangiz mendan o‘pka qilmang. 
— Qizingizg‘a yomonliqni o‘zingiz o‘rgatib ketmasangiz sizdan o‘pkam yo‘q. 
Ikki quda havli yuzasiga tushkanda Kumush sahn bo‘ylab yurinib turar edi. Ular 
Zaynabning uyiga to‘g‘ri kirdilar. Zaynab ularni qarshilab o‘tqazdi va achinish ohangida 
Oftob oyimg‘a dedi: 
— Qaytar emishsizlar, deb eshitdim. Birar oy ham turmas ekansizlar-da. 
— Ancha turdik aylanay, buv Zaynab, — dedi Oftob oyim, — endi navbat sizlarning 
borishlaringizg‘a qoldi. 
Uchunchi so‘zni O‘zbek oyim oldi: 
— Shuncha aytdim — bo‘lmadi, yov quvlaptimi bilmadim. Oppoq oyingga qolsa, 
Kumush opangni ham birg‘a olib ketmakchi. 
Zaynab bir turluk holga tushdi. Kuchlangandek qilib: 
— Ular nega ketsinlar! — dedi. 
Oftob oyim qudasig‘a qarab qo‘ydi: 
— Ketmasa bo‘lmaydir, buv Zaynab. Bir chekkasi sizning es-hushingiz joyida, manim 
Kumush opangizdan boshqa hech kimim yo‘q, qolsa-ku mayli, biroq meni Kumushsiz 
o‘ldi, deng. Shunga qolg‘anda qayin onangiz bir oz tushunmay turiptilar. 
Zaynab yer ostidan qayin onasig‘a ko‘z yubordi. O‘zbek oyim hanuz tirtishib yotqan 
qudasig‘a qarshi qizishdi: 
— Qo‘ying-chi, — dedi, — besh-olti kun qizsiz turg‘an kishi bir narsa bo‘ptimi?! 
— Siz tushunmayapsiz oyi... hali tag‘in dadasi biladilar. 
— Men senga aytay, Zaynab, — dedi O‘zbek oyim va endi qudasining gapiga quloq 
solmay qo‘ydi, — oppoq oyingning hamma mulohazasi sendanga o‘xshaydi. Zaynab 
siqilmasmikin, ikki o‘rtag‘a sovuqchiliq oralamasmikin, deb qo‘rqadi. Men: Zaynab siz 
o‘ylag‘an kelinlardan emas, tegu taxtlik, aslzoda, Kumushni siylamag‘anda ham bizni 
siylaydi, — desam ham unamaydi... 
— Meni xudo uriptimi, — dedi Zaynab. 
Oftob oyim qudasining keyingi gapidan ancha siqildi. Go‘yo o‘zi Kumushni qoldirishg‘a 
tarafdor bo‘lsa ham, faqat Zaynabning kundashlik qilishidan qo‘rqib turg‘andek 
ko‘rsatilgan edi. 
— Yanglishyapsiz, oyi. 
— Yanglishsam, yanglishmasam Kumush bu uydan siljimaydir. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin