Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
o‘zingni har tarafka tashlay boshlading... Lekin endi bir ming toblansang ham natija 
o‘zingning fe’lingcha— bitta: sening uchun har kun bir o‘lim yoki o‘sha uydan boshingni 
olib chiqish. 
Xushro‘yning rahmsiz muhokamasidan oqg‘an bu haqiqatlar Zaynabni yig‘latdi. 
— Men shunday bo‘lar, deb o‘ylamag‘an edim... 
— Sen o‘ylashni bilarmiding? — deb kuldi Xushro‘y. 
— Birav o‘lay desa, siz kulasiz! 
— Men yig‘lashni bilmayman! Kishilar yig‘lag‘anda, manim kulgim qistaydir. 
— Manim o‘rnimda bo‘lsangiz, siz ham yig‘idan bosh ko‘tarmas edingiz... 
— Sening yeringda bo‘lsam bilasanmi nima qilar edim, Zaynab, — dedi  Xushro‘y, — 
dunyosini ost-ust qilar edim, bir tomchi yoshimni yuz tomchi zahar bilan qo‘shib tashlar 
edim. 
Zaynab keyingi gap bilan egachisining yuziga ko‘ta-rilib qaradi va Xushro‘yning yuzida 
zolimona bir istehzo ko‘rdi. 
— Yaxshi, — dedi Zaynab bir xil siniq tovushda, — hamma do‘stlaringiz sizga 
dushman bo‘lsin, uch yildan beri sizning so‘zingizni aytib yoningizda kelgan qayin 
onangiz ham dushmaningiz yonig‘a o‘tsin: hatto sizni tuqg‘an ota-onangiz ham «sabr qil, 
bolam!» deb quruq so‘z aytib o‘ltursinlar... Bas, shu holatda siz yig‘lamay nima qilar 
edingiz? 
Xushro‘y pinagini buzmay yana kuldi: 
— Dushman o‘zi nima degan so‘z? — dedi, — men senga boya ham aytdim: kishining 
dunyoda do‘sti yo‘q, magar nafsiga o‘zi do‘st; kishining dunyoda dushmani yo‘q, magar 
nafsiga o‘zi dushman! Masalan sen o‘zing: otangg‘a, onangg‘a do‘stim, deb ishonding, 
ammo ulardan nima yaxshiliq ko‘rding? Bu kun ularning «sabr qil, bolam!» deb bergan 
kengashlari sening yarangga malham bo‘larmi? Albatta, bo‘lmas. Boshdayoq ering senga 
qaramay qo‘ydi. Ammo sen qayin onangning va’dasiga va tag‘in allanarsalariga 
ishonding... O‘zing o‘yla, bolani ona tug‘adir, lekin unga muhabbatni ham ona tug‘ib 
beradimi? Albatta bu mumkin emas. Sen bechora shunga ham ishonding. Endi gap 
nima? Otang senga sabr yediradir, qayin onang bo‘lsa kundashing duosida... sen 
bo‘lsang yig‘i quchog‘ida... 
— Sizdan o‘zimni chaqdirg‘ali kelgan emasman! — dedi yig‘lag‘an ko‘yi Zaynab, — o‘z 
uyimda ham tegmay chaqadirg‘an gazandalarim bor... Siz ham manim kuygan jonimga 
o‘t yoqmang-da, agar qo‘lingizdan kelsa, bu o‘rtang‘an singlingizni tinchiting. 
— Sen hech tinchiy olmaysan... 
— Har narsaga aqlingiz yetadi... Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina bosh 
og‘ritsangiz-chi... Ustimga shu balo kelgandan beri eshigingizga necha qayta kelib quruq 
qaytdim, endigina siz ham... 
Xushro‘y bir oz Zaynabning yuziga qarab turg‘andan keyin: 
— Manim kengashimga yurasanmi? — deb so‘radi. 
— Jo‘yalik bo‘lsa nega yurmay. 
— Yursang, — dedi Xushro‘y, — chiq eringdan. 
Zaynab o‘krab yubordi: 
— O‘zim ham shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim... 
Xushro‘y: 
— Negaki sening dardingning davosi, menga qolsa faqat shu. 
— Qanday qilib chiqay, axir... 
— Erdan chiqg‘anlar qanday qilsa, sen ham shunday qilasan! 
Zaynab javob bermadi. Cho‘ri xotin o‘rtag‘a dastur-xon yozib choy keltirdi, Xushro‘y 
xizmatchini o‘choqboshi yumishlariga buyurib choyni o‘zi quydi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin