www.ziyouz.com кутубхонаси
23
G’AFUR G’ULOM (1903—1966) O’zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, Ittifoq Davlat va Lenin
mukofotlarining laureati G’afur G’ulom 1903 yil 1 mayda Toshkent shahrining
Qo’rgontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug’ildi. To’qqiz yoshida otasidan yetim
qolgan G’afur avval eski maktabda, so’ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi.
U Oktyabr to’ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi
usuldagi maktablarda o’qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi,
so’ng «Kambag’al dehqon», «Qizil O’zbekiston», «Sharq haqiqati» ro’znoma
muharririyatlarida ishladi. Ro’znoma uning uchun dorilfunun rolini o’ynadi, xalq hayotini
o’rganish, unda faol aralashish yo’lida muhim vosita bo’ldi.
Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o’tmish sarqitlarini
qoralovchi hajviy she’rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan
jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo’shiqlar» nomli dastlabki she’riy to’plamlari 1931-1932
yillarda chop etildi.
Shoir liro-epik janrlarida (1930-1935) «Ko’kan» poemasini, «To’y», «Ikki vasiqa»
balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlarida, xususan, biz ko’p yillar
kollektivlashtirish mavzuidagi eng yirik liroepik janrdagi asar deb maqtab kelgan
«Ko’kan» poemasi hozirgi kun talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan,
poemada boshdan oyoq maqtalgan kollektivlashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari
qatorida cheksiz zulm — fojealarga ham sabab bo’lganligi bor bo’yicha realistik
ifodalanmagan edi. Mustaqillik davri o’tmish tarixiga yaqindan haqiqat ko’zgusida
boqishni taqozo etgach, bunday nuqsonlar ma’lum bo’lib qoldi. Xuddi shunday hol uni
partiya, ona Vatan, V.I.Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham seziladi. Shu tufayli
shoir ijodini zarracha kamsitmagan holda unga tanqidiy yondashishni taqozo etadi.
30-yillar G’afur G’ulom hikoya, ocherk, fel’etonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan
murda» kabi qissalarini ham o’z kitobxoniga taqdim etdi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o’z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga
qarshi kurashayotgan xalqqa, uning muqarrar g’alabasiga bag’ishladi. U «Sen yetim
emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog’inish» kabi she’rlarini ijod qildi,
publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g’alabasiga otlantirdi.
So’nggi yillarda G’afur G’ulomning 20 ga yaqin she’riy to’plamlari chop etildi. Ayniqsa,
shoirpning «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram
bo’lajak», «Vaqt», «Onalar» singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos
etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan.
G’afur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan
kelayotirman» to’plami uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Adibga
vafotidan so’ng «Lenin va Sharq» mavzusidagi asarlari uchun Lenin mukofoti (1973)
berildi. G’afur G’ulom o’z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil
Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar
bilan taqdirlangan. U O’zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi (1943) edi. 60 yillik
yubileyi munosabati bilan unga O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Shoirning
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993