www.ziyouz.com кутубхонаси
20
ajralib turardi.
Elbek bir qator she’riy to’plamlar yaratibgina qolmay, o’nlab dostonlar ham ijod
etgan. Uning «Go’zal qiz» (1927), «Bizniki» va «Paxta» (1929), «O’tmishim» (1929),
«Chirchiq» (1929), «Batrak kolxozi» (1930), «Tozagul» (1934), «O’zbekiston» (1934),
«Bog’bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) asarlari shular jumlasidandir.
Elbek — bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning o’sha «Armug’on»
to’plamidagi bir qator she’rlari qatori «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» hamda
«Kambag’al yigit va pardasturxon», «Omonat», «Erksiz polchi», «Ona», «Bolalar
qo’shigi» kabi bir qator she’rlar, dostonlar, ballada va ertaklari fikrimizning dalili edi.
Ayni chog’da adib «Yozuv yo’llari», «O’rnak», «Boshlang’ich maktab ona tili», «Go’zal
yozgichlar» (1924) kabi bir qator darslik va qo’llanmalar muallifi sifatida ham ma’lumdir.
Elbek o’zining o’nlab she’rlari, masal, doston, tarjimalari qatorida hikoyanavis sifatida
ham adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning «Dadamat» (1936) to’plampga kirgan
«Chirchiq», «Men kim bo’laman», «Ana», «Anorgul», «Qahhorxo’ja», «Dadamat» kabi
hikoyalari adibning shoirgina emas, nosir bo’lganligidan ham dalolat berdi.
Elbek bor-yo’g’i qirq yil yashadi. U ham 1938 yilda Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Otajon
Hoshim, Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi qatag’onlik qurboni sifatida qatl qilingan.
Ammo u yozgapidek, adabiyotnmiz bo’stoniga turfa gul ekib ketdi. Bu uning asarlari edi.
Ha:
Bu mening qo’limla yaratilgan gul,
Qanday qila oliy, mening sovg’am shul.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
21
CHARXIY
(1900-1979)
Mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi davrda muvaffaqiyatli davom
ettirgan zamondoshimiz shoir Asqarali Hamroali o’g’li Charxny Qo’qonda 1900 yilda
tavallud topgan. Boshlang’ich ma’lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan
husnixat mashq qilishni, onasidan she’r yozishni o’rgandi.
Bo’lg’usi shoir Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Bedil, g’azallarini mehr bilan o’qiydi.
Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho’qandiy kabi qo’qonlik shoirlardan aruz qoidalarini o’rganib,
koproq hajviyotga moyillik ko’rsatdi. Asqarali Oktyabr to’ntarishidan keyin Charxiy
taxallusi bilan she’rlar yozib yurgan bo’lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e’lon
qilmaydi.
Charxiy 1938-1939 yillardai boshlab, Qo’qondagi «Yangi Farg’ona» gazetasida,
«Mushtum» jurnalida faol qatnashdi. Shoir «Shirin va achchiq» (1959), «She’rlar»
(1966), «Alixo’ja va Xo’jaali» (1970), «Devon» (1972) nomli kitoblarini o’quvchilarga
taqdim etdi. Charxiy ijodida lirik she’rlar bilan bir qatorda, satirik she’rlar ham alohida
o’rin tutadi.
Charxiy mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni — aruz sistemasida va klassik
she’riyatnipg turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rpvojlantirgan iste’dodli
shoirdir. U ko’p yillar davomida Qo’qondagi Muqimiy uy-muzeyida ilmiy xodim bo’lib
ishlab, Muqimiyning ko’p qirrali adabiy merosini to’plash va avaylab saqlash ishiga
munosib hissa qo’shgan.
1975 yilda respublikamiz hukumati shoir Charxiyga O’zbekiston xalq shoiri degan
faxriy unvon berdi.
Charxiy iste’dodli g’azalnavis, ajoyib qo’shiqchi-shoir, jonkuyar ma’rifatchi sifatida
ixlosmandlari xotirasida o’chmas iz qoldirdi.
U 1979 yil 18 dekabrda Qo’qonda vafot topdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |