www.ziyouz.com кутубхонаси
33
OYDIN (1906—1958) O’zbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan talantli adiba Oydin (Manzura Sobirova)
1906-yili Toshkentda hunarmand oilasida tug’ilgan. Oydin 1919 yili Toshkent xotin-qizlar
bilim yurtiga o’qishga kirdi. Uni 1923 yili tamomlab, o’qituvchilik qiladi. Yoshlikdan
adabiyotga havas qo’ygan Oydin kichik-kichik she’rlar bilan matbuotda ko’rina boradi.
Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qib yurgan paytlarpda (1927— 1933) Hamid
Olimjon, Uyg’unlar bilan yaqindan tanishuvi Oydin ijodida katta rol o’ynadi. Uning
o’tmish bid’atlarini fosh etib, xotin-qizlarni ozodlikka chaqiruvchi «Yangilikka qadam»
nomli birinchi p’esasi 1925 yilda bosilib chiqqan.
Uning «Tong qo’shig’i» (1931) to’plami, «Maysa uzildi» (1931), «Mashina quchog’ida»
(1932), «Ko’prik ustida» (1933), «Bu kecha» (1933) kabi poemalari, «Chechan yo’llar»
(1932), «Oydin she’rlari» (1937) kabi to’plamlariga kirgan asarlari o’zbek sho’ro
poeziyasi taraqqiyotiga ma’lum hissa bo’lib qo’shildi.
Adiba 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab hikoyachilik janrida talay asarlar
yaratdi. Oydinning dastlabki «Eslash yoki vigovor» (1933) hikoyasida ozod mehnatning
yangi insonni tarbiyalab yetishtprishdagi roli mehnat jarayonida o’zbek xotin-qizlari
ongida ro’y bergan o’zgarishlar ifodalanadi. Uning «Chaqaloqqa chakmoncha», «Shirin-
shakar», «Uyaldi shekilli, yerga qaradi», «Sadag’ang bo’lay, komandir» hikoyalarida
yangicha oila, sevgi-muhabbat, sadoqat motivlari aks ettirilgan. Arizaning o’tmishga
bag’ishlangan «Yamoqchi ko’chdi», «Hazil o’tmish», «Gulsanam» (1938) asarlarida
o’zbek xalqining hayoti, eskilik urf-odatlarpga qarshi kurashi chuqur nafrat bilan
tasvirlangan.
Oydinning Ulug’ Vatan urushi va undan keyingi tinch qurilish yillarida ijod etgan
«Qizlarxon» (1943), «Mardljk mangulik» (1947), «Hikoya va ocherklar» (1952),
«Hikoyalar» (1954) kabi to’plamlarida zamona kishisining vatanparvarligi, qahramonlik
fazitatlari, front va mamlakat ichkarisidagi jonbozlikla, tinch yashash davridagi mehnati
o’z ifodasini topgan.
Oydin bu davrlarda kuchli ocherknavis sifatida ham taniladi. Uning M. Gorkiyga
bag’ishlangan «Hamon yodimda o’shal ulug’ zot», «Cho’llari obod, qo’llari ozod bo’lgan
elda», «El quvonchi», «Qora uylar oqardi», «Muborak», «Katta kishilar», «Mening
qahramonim», «Vatan uchun jon fido» kabi ocherklar turkumidagi Vatan madhi, mehnati
tufayli baxtga erishgan kolxozchi va ishchi ayollar obrazi zo’r mahorat bilan tasvirlangan.
Oydin O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi, O’zbekiston Kommunistik
Partiyasi Markaziy Komitetining mas’ul xodimi (1946—1953), «O’zbekiston xotin-qizlar»
jurnalining muharriri lavozimlarida ishladi.
Oydin o’zbek nasrining taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun ikki marta
Hurmat belgisi ordeni va medallar bilan taqdirlangan. U bor yo’gi 52 yil umr ko’rdi, 1958
yilda vafot etdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993