O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
31
NAZIR SAFAROV
(1905—1985)
O’zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir
Safarov 1905 yili Jizzax shahrida temirchi oilasida tug’ildi. U sovet maktablarida o’qidi,
birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Komsomol safiga kirdi.
Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoi nafisa» to’garagi bo’lg’usi dramaturgda teatr san’atiga
katta muhabbat uyg’otdi.
Nazir Safarov o’zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o’ynagan «Tarix
tilga kirdi» (1931), «Uyg’onish» (1939), «Sharq tongi» (1954)
kabi sahna asarlarini
yaratdi. «Uyg’onish»da 1916 yil qo’zg’oloni, «Sharq tongi»da Oktyabr inqilobi, «Tarix
tilga kirdi» (Ziyo Said bilan birgalikda yozgan)da milliy nizolar, «Kimga to’y,
kimga
aza»sida ishchilar sinfining yangilik uchun jangu jadali asosiy mavzudir. Dramaturgiya
sohasndagi katta xizmatlari uchun N. Safarovga (1955) O’zbekistoida xizmat ko’rsatgan
san’at arbobi unvoni berildi.
Ulug’ Vatan urushi davrida Nazir Safarov frontning oldingi jabhalarida bo’lib,
jangchilarning qahramonligini, dushmanning yovuzligini hikoya qiluvchi «O’q o’tmas
botir», «Vodillik qahramon», «Komissar Qoraboyev», «Sevgi», «So’nggi nafasgacha»,
«Uzbek farzandlari», «Qahramonning tug’ilishi» kabi qator ocherklar yozdi.
Uning
hayotdagi yangiliklar, yaxshi tashabbuslar targ’ibotchisi sifatida paxtachilik,
mexanizatsiya sohasida xotin-qizlarning rolini aks ettiruvchi
asarlari ham diqqatga
sazovor. Xotin-qizlar orasidan yetishib chiqqan birinchi zangori kema kapitani Tursunoy
Oxunova, uning tashabbusi, el oldidagi obro’-e’tiboridan bahs etuvchi «Uzoqni ko’zlagan
ayol» qissasi shular jumlasidandir.
Yozuvchining 1954—1957 yillarda yaratgan zamonaviy
mavzudagi katta asarlari
«Hayot maktabi» va «Elmurod» (hamkorlikda) p’esalaridir.
Nazir Safarov bir qancha hikoyalar ham yozgan. «Oltinoy», «Olma olmadan uzoqqa
tushmaydi», «Ahmadali o’z baxtini qanday topdi» hikoyalari g’oyaviy-badiiy jihatdan
puxtaligi bilan diqqatga sazovordir. Uning 60-yillarda yaratgan «Bir tomchi qon» (1967),
«Ko’rgan kechirganlarim» (1968)
nomli qissalari, «Navro’z» (1973) romani adabiyotimiz
yutuqlaryani ko’rsatuvchi asarlar qatoridan joy oldi. «Ko’rgan kechirganlarim» asari
uchun muallifga (1968) Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Adib nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g’alabaning 30 yilligiga bag’ishlab,
o’zbek jangchilarining qahramonliklaridan hikoya qiluvchi «Lukash botir» (Ya.
Hudoyqulov bilan hamkorlikda) dramasini yaratdi.
U 1975 yilda 70 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston
xalq yozuvchisi unvoni
va 80 yoshi bahonasida Xalqlar do’stligi ordeni olishga muyassar bo’ldi. Ko’p o'tmay,
1985 yilda vafot etdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: