Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
34
ABDULLA QAHHOR 
(1907—1968) 
O’zbek adabiyotiyotiga katta hissa qo’shgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qo’qon shahrida 
temirchi oilasida dunyoga keldi. O’rta ma’lumotni Qo’qonda olgan Abdulla 1925 yili 
Toshkentga kelib, «Qizil O’zbekiston» ro’znomasida ishlaydi. 
U O’rta Osiyo Davlat dorilfununining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. 
Yozuvchi «Sovet adabiyoti» oynomasida mas’ul kotib, O’zbekiston Yozuvchilari 
uyushmasi raisi, O’zbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954—
1956). 
Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. dastlab, «Mushtum» oynomasida, 
«Yangi Farg’ona» va «Qizil O’zbekiston» ro’znomalarida uning hikoya va fel’eton, 
xabarlari bosildi. Yozuvchining «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar to’plami 1938 
yilda chop qilindi. 30-yillarda adibning «Hikoyalar» to’plamlari (1935, 1938, 1939) 
kitobxonlar qo’liga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari 
«Sarob» (1935) romanini yozdi. Ulug’ Vatan urushi yillarida yozuvchining bir qancha 
fel’eton, ocherk va hikoyalari e’lon qilindi. «Asror bobo», «Dardaqdan chiqqan 
qahramon», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» hikoyalari va «Oltin yulduz» kabi 
qissalarida o’zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak 
vatanparvarligi ifodalangan. 
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan «Qo’shchinor chiroqlari» (1951) 
romani kollektivlashtirish mavzuiga bag’ishlangan. U o’zining «Shohi so’zana» (1951), 
«Og’riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari 
bilan o’zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Ayniqsa, «Shohi so’zana» 
p’esasida dramaturg qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishning muhim ijtimoiy-siyosiy 
ahamiyatini mahorat bilan tasvirladi. P’esa mamlakatimiz va qardosh demokratik 
respublikalar sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish qilindi. Mazkur p’esa Ittifoq davlat 
mukofotiga sazovor bo’lgan. 
Yozuvchining «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O’tmishdan ertaklar» (1965) 
qissalari o’zbek prozasining taraqqiyotiga muhim hissa bo’lib qo’shildi. U «O’tmishdan 
ertaklar» qissasi uchun Oybek («Bolalik»), N. Safarov («Ko’rgan-kechirganlarim») kabi 
adiblarning avtobiografik qissalari qatorida Hamza nomidagi Respublika Davlat 
mukofotiga sazovor bo’ldi. 
Uzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning «Mening 
dorilfununlarim» , (1935) F. Gladkovning «Olovli ot» (1933), L. N. Tolstoyning «Urush 
va tinchlik» romanining I—II kitoblarini va boshqa bir qator asarlarni o’z ona tililarida 
o’qishga muvaffaq bo’ldilar. 
Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun O’zbekiston xalq yozuvchisi unvoni, orden va 
medallar bilan taqdirlandi. U 1988 yil 25 may kuni Moskvada 61 yoshida vafot etdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin