www.ziyouz.com кутубхонаси
32
SOBIR ABDULLA (1905—1972) O’zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg, Hamza Mukofoti sovrindori Sobir Abdulla
1905 yili Qo’qon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va sovet maktablarida
bilim olgan Sobir Abdulla ishchilar tayyorlov kursini (1924-1926) tamomladi.
1925-1948 yillarda «Yangi Farg’ona», «Yosh leninchi» ro’znomalari, «Mushtum»da
xodim, Apdijon teatrida adabiy emakdosh bo’lib ishladi. Sobir Abdullaning ijodi 1925
yildan boshlangan. Shoirning «Erk ilhomlari» nomli birinchi to’plami 1931 yilda bosilib
chiqdi. «Ko’klam, nash’asi» (1932), «Taajjub», «Gulshan» (1939) she’rlar to’plami,
«Navbahor» (1930), «Do’stlik» (1937) hikoya to’plamlarida xalqning hayoti, sevgisi va
ma’naviy dunyosi o’z ifodasini topgan.
Sobir Abdulla — sermahsul dramaturg. Uning «Bog’bon qizi» (1930), «Oyxon»
(1935), «Tohir va Zuhra» (1939) sahna asarlari, «Alpomish», «Muqimiy» kabilar
teatrlarimizning ko’rki bo’ldi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida adib jang maydonlari qaxramonlari va front orqasida
kishilarning fidokorona mehnat mo’jizalarini aks ettiruvchi «Agar Vatan buyursa»,
«Chegarachi», «Olga qadam tashlanglar» she' larini yozish bilan birga, «Qurbon
Umarov» (1941), «Davron ota», (1942) kabi p’esalarnipg yaratilishida faol ishtirok etdi.
Urushdan keyingi yillarda Sobir Abdulla yaratgan «Vatan sevgisi», «Baxtim qilur
namoyish», «Paxtakor tongi», «Ravshan zamon» qo’shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik
va mehnatsevarlik fazilatlarini uluglashga xizmat qildi.
Shoir g’azalnavis, qo’shiqchi shoir sifatida zamondoshi, do’sti G’afur G’ulom bilan
hamkorlikda ijod qilgan. Umrining so’nggi yillarida demokrat shoir Muqimiy tarjimai holi
badiiy aks ettnrilgan «Mavlono Muqimiy» nomli romanning ham muallifidir. Sobir Abdulla
1972 yilda og’ir xastalik bilan vafot etdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993