Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
44
KOMIL YASHIN 
(1909) 
Atoqli adib va jamoat arbobi Komil Yashin (No‘monov) 1909 yili Andijon shahrida 
tug‘ildi. O’rta maktabni tugatgach, 1925 yilda Leningradda o‘qiydi, so‘ngra maktabda 
o‘qituvchilik qiladi. 1930-1936 yillarda Yashin O’zbek Davlat Muzika teatrida adabiy 
emakdosh, 1946-1949 yillarda O’zbekiston San’at ishlari boshqarmasiga rahbarlik qildi. 
U qariyb yigirma yildan ko‘p (1958-1980) O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga 
rahbarlik qildi. Ayni bir paytda Oybek vafotidan so‘ng «O’zbek tili va adabiyoti» 
oynomasiga muharrirlik ham qildi. U O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyaning 
haqiqiy a’zosi hamdir. 
Yashinning ijodiy faoliyati 1925 yildan boshlanadi. Bu yillarda uning she’r va 
ocherklari vaqtli matbuotda ko‘rina boshladi. Shoirning «Quyosh» (1930), «Kurash» 
(1931), «Komsomol» (1933) she’riy to‘plamlariga kirgan asarlarida mehnatkash xalq 
hayotida sodir bo‘layotgan yangiliklar, yoshlar taqdiri va kelajagi haqida fikr oritiladi. 
Uning birinchi dramatik asari «Ikki kommunist» (1929 yilda) sahnaga qo‘yildi. U 
qishloqlarni kollektivlashtirish davrida «O’rtoqlar» (1930) va «Yondiramiz» (1931) 
p’esalarini yozdi. Yashinning «Nomus va muhabbat» (1935), «Hamza» (A. Umariy bilan 
hamkorlikda, 1940) sahna asarlari Ulug’ Vatan urushigacha bo‘lgan o‘zbek 
dramaturgiyasining eng yaxshi namunalaridandir. 
O’zbek xotin-qizlarini eskilik sarqitlaridan ozod etishga bag’ishlangan «Gulsara» 
(1934), «Nurxon» (1940) p’esalari o‘z vaqtida yaratilgan, o‘sha davr uchun xarakterli 
sahna asarlaridandir. 
Komil Yashin Ulug’ Vatan urushi davrida yetuk dramaturg darajasiga ko‘tarildi. 
Adibning bu davrda yaratilgan asarlarida do‘stlarga nisbatan mehribonli samimiy 
muhabbat, dushmanlarga qahru g’azab yogdirildi. «O’lim bosqinchilarga» (1942), 
«Oftobxon» (1944), «Davron ota» (1942, Uyg’un, Sobir Abdulla, Chustiy bilan birga 
yozilgan) dramalariga shu ruh singdirilgan. Komil Yashin «Gulsara» operasining librettosi 
1950 yilda Ittifoq Davlat mukofoti laureati degan faxriy unvonni olishga muyassar bo‘ldi. 
«General Rahimov» dramasida (1949) birinchi o‘zbek generali Sobir Rahimovning Ulug’ 
Vatan urushida ko‘rsatgan qahramonligi aks ettirilgan. 
Dramaturgning inqilobiy mavzudagi «Yo‘lchi yulduz (1957) asari respublikamiz 
teatrlarida muvaffaqiyat bilan qo‘yilib kelindi. 
Iste’dodli san’atkor Komil Yashin 1974 yilda «Inqilob tongi» dramasini yozdi. Unda 
xalqimizning yetuk farzandi, atoqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jaevning siymosi 
gavdalangan. Unga adabiyot va san’at sohasida xizmatlari uchun O’zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan san1 arbobi va O’zbekiston xalq yozuvchisi, 1974 yilda Mehnat qahramoni 
unvonlari berildi. 
Hamzadek ulug’ ustozi izidan borgan Komil Yashin o‘zbek dramaturgiyasida yangi 
sahifalar ochgan, uning tematik doirasini boyitgan, uzoq umrlik asarlar yaratgan adibdir. 
Adabiyotimizda uning ovoziga ergashgan, tarbiyasidan bahramand bo‘lgan dramaturglar 
oz emas. Komil Yashinning o‘zbek teatri va dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissasi ulkandir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin