(1909-1944)
Shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi
Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida dunyoga keldi. Narimonov
nomidagi boshlang’ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida (1923-
1926) O’zbek Pedakademiyasida (1926-1931) o’qidi.
Hamid Olimjon talabalik yillaridayoq she’r yozdi. Uning asarlari 1926 yildan
«Zarafshon» gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro‘znoma
muharririyatiga ishga o‘tdi.
Hamid Olimjonning «Ko‘klam» nomli ilk she’riy to’plami 1929 yilda bosilib chiqdi.
Shundan so‘ng «Olov sochlar» (1931), «O’lim yovga» (1932), «Poyga» (1932) kabi
she’riy to‘plamlari nashr etildi.
Davr bilan birga odim tashlagan, o‘z ijodida xalqimizning mehnat qahramonligini
tasvirlagan shoir 30-yillarda adabiyotimizda siyosiy lirikaning eng yaxshi namunalarini
yaratdi.
Hamid Olimjon poeziyasining lirik qahramoni — vatanparvar inson, «Vodiylarni yayov
kezganda» o‘sha lirik qahramonga yangi turmush yaratuvchisi sifatida jahonga tanildi.
Ana o‘sha lirik qahramon Ulug’ Vatan urushi yillarida «Jangchi Tursun» bo‘lib gavdalandi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi (1943) Hamid Olimjon o‘zbek
adabiyotpning dolzarb masalalari bo‘yicha qator ilmiy-tanqidiy asarlar yaratdi.
Hamid Olimjon A.S. Pushkin, L.N. Tolstoy, M. Gorkiy, V. Mayakovskiy, A.
Serafimovich, T. Shevchenko, M. Lermontov, N. Ostrovskiy, A. Korneychuk asarlarga
tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.
O’zbek xalq og’zaki ijodining ajoyib durdona asari «Alpomish» dostoni birinchi marta
Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlanib, so‘z boshi bilan (1938) chop etildi. U
Alisher Navoiyning 500 yilligini o‘tkazish yubileyi komitetining a’zosi sifatida ulug’ shoir
hayoti va ijodi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi.
Hamid Olimjon 1939 yildan to umrining oxiriga O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga
rahbarlik qildi.
Hamid Olimjon o‘zining «Daryo kechasi» (1936), «Chirchiq sohillarida» (1937),
«O’lka» (1939), «Baxt» (1940) to‘plamlari, «Ikki qizning hikoyasi» (1935-1937), «Oygul
bilan Baxtiyor» (1937), «Zaynab va Omon» (1938), «Semurg’» (1939) dostonlari bilan
novator shoir sifatida davrining ilg’or g’oyalarini tarannum etdi.
Ulug’ Vatan urushnning olovli yillarida uning «Muqanna» nomli she’riy dramasi
yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo‘lib kelayotir. Uni «Jinoyat»
dramasi zamonaviy mavzuda yozilgan. Bu davrda uning bir necha she’riy to‘plamlari
bilan bir qatorda «Jangchi Tursun», «Roksananing ko‘z yoshlari» kabi qator balladalari
ham yaratildi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
43
Iste’dodli shoir Hamid Olimjonning ko‘pchilik asarlari qardosh xalqlar va xorijiy xalqlar
tillariga tarjima qilingan.
Shoir 1944 yilda avtomobil halokagiga uchrab vafot etgan. Uning nomi
abadiylashtirilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |