Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
37
QUDDUS MUHAMMADIY 
(1907) 
Sovet davri o’zbek bolalar adabiyotining yirik va iste’dodli namoyandalaridan biri 
Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O’rta 
maktabdan so’ng avval qishloq xo’jaligi bilim yurtida, so’ng O’rta Osiyo dorilfununining 
biologiya fakultetida tahsil oldi.
Uning ijodi 30-yilardan boshlangan bo’lib, dastavval «Sharq haqiqati» ro’znomasi va 
«Yer yuzi» oynomalarida chop etildi. Uning mashhur «Sandal va pechka», «O’z-o’zini 
tanqid» kabi dostonlari 1936-1937 yillarda yaratildi. 
Unda eskilik bilan yangilik, eski urf-odatlar bilan yangicha urf-odatlar qiyosiy tarzda 
o’zining poetik ifodasini topdi. Hayotdagi, kishilar, xususan bolalar xarakteridagi ayrim 
nuqsonlar beg’araz hajv qilindi. 
Quddus Muhammadiy 1941—1944 yillarda mashhur xalq shoiri, baxshi Islom ota 
huzurida uning dostonlarini yozib olish bilan mashg’ul bo’ldi. Urushdan keyingi yillarda 
esa uning birinchi she’riy to’plami «Sinov» (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so’ng 
«O’quvchiga esdalik» (1947), «She’r va ertaklar» (1947), «Orzu» (1948), «Bahor keldi» 
(1950), «Dunyoda eng kuchli nima?» (1951), «Qirq o’g’il va qiz» (1951), «Bizning 
do’stlarimiz» (1952), «Sen tug’ilgan kun» (1952), «Yangi uy» (1953), «Mehribon 
do’stlar» (1953), «Qo’ng’izboy bilan sichqonboy» (1955), «Tugmacha» (1956), 
«Tanlangan asarlar» (1957) kabi o’ntadan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Xususan, uning 
to‘rt kitobdan iborat «Tabiat alifbosi» kitobi ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. «Ochil 
dasturxon» (1970) kabi xalq og’zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topdi 
va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she’riy kitobi 1970 yilda 
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U ayni chog’da 
O’zbekiston xalq shoiri ham bo‘ldi. 
Q. Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining tadqiqotchisi
jonkuyari va targ’ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Xususan uning «Bolalar 
adabiyotining yanada ravnaqi uchun (1961), «Bolalar adabiyotini o‘rganaylik» (1963), 
«Ilhom bilan» (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir. 
Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida mashhurdir. Uning S. Marshak, S. 
Mixalkov, A. Baro, K. Chukovskiy asarlari tarjimasi o‘zbek bolalar adabiyotining ravnaqi 
va taraqtsiyotida muhim rol o‘ynayi. 
Q. Muhammadiy xoh shoir, xoh tadqiqotchi, xoh tarjimon sifatida faoliyat 
ko‘rsatmasin, hamisha hamma o‘rinda bolalar kelajagi, kamoloti, ma’naviy shakllanishi 
xaqida qayg’urdi. Ularning o‘qimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassis bo‘lishini orzu 
qildi va nihoyat, buning uchun: 
Bo‘lay desang bog’bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi, 
Nimaiki qilsang tilak 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
38
Bariga o‘qish kerak, — 
degan xulosaga keldi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin