Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
49
SULTON JO’RA 
(1910-1943) 
Iste’dodli shoir Sulton Jo‘ra adabiyotimizga 50-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, 
Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadyy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan 
bo‘ginga mansubdir. U bor-yo’g’i o‘ttiz uch yil umr ko‘rdi, shundan o‘n uch yilinigina 
adabiyotga, she’riyatga baxshida etdi. 
Sulton Jo‘ra 1910 yilda Buxoroning Shofrikon tumanidagi Qog’oltom qishlog’ida 
dehqon oilasida dunyoga keldi. Uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, 
qarindosh-urug’lari tarbiyasida bo‘ladi. So‘ngra Sho‘ro maktablarida boshlang’ich ta’limni 
olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi. Maktablarda, 
bilim yurtlarida, qolaversa, Andijon davlat pedagogika oliy bilimgohlarida adabiyotdan 
dars beradi.
Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri 1927 yilda «Mehnat 
qo‘ynida» nomi bilan «Yangi yo‘l» oynomasida chop etiladi. So‘ngra, uning «She’rlar» 
(1933), «Fidokor» (1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), 
«Shodligim» (1939), «Ochiq chehralar» (1939) kabi turkum she’rlari paydo bo’ladi. 
She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib turganidek, ularda shoir davr va zamon
zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi. 
Sulton Jo‘ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. 
Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik 
ruhini ifodalaydi. Undagi qaldirg’och ramziy obrazi orqali yoshlarning ona-Vatanga 
sadoqati umumlashtiriladi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan 
keng foydalanish orqali o‘z kitobxonining ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim 
va Qunduz» poemasida bo‘lsa mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi. Shoirning 
«Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi 
gavdalantirilgan. 
Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan. «Harflar paradi», «Tinish 
belgilarining majlisi», «Yolg’onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog’inchli salom» kabi 
asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridir. 
Ulug’ Vatan urushi yillarida Sulton Jo’ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. Butun hayoti, 
ijodini ona Vatan mustaqilligiga baxshida etdi. U o‘zining «Pulemotchi ovozi», «To‘pchi 
Muhammad» «Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida fashizmga la’nat 
o‘qiydi.
Shoir bu yillarda urush mavzuida o‘zining «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning 
urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida «Sog’inchli salom» she’ri alohida o’rin tutadi. 
Unda ota-ona, yor va birodar. yigit va qiz, qavm-qarindosh firog’iga sabab bo‘lgan 
urushga la’natlar yog’diradi. Shoir: 
Sog’indim chirog’im, nechora, biroq —
Har bir ayriliqning ko‘rishmog’i bor,— 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
50
deya g’alabaga ishonch bildiradi. U ana shu jangu jadalda 1943 yilning 10 noyabrida 
qahramonlarcha halok bo‘ladi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin