Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
51
MAMARASUL BOBOYEV 
(1911-1969) 
Iste’dodli shoir Mamarasul Boboyev o‘z asarlarida real voqelikni, inson go‘zalligini 
kuylab, kishilarning yorqin obrazini yaratishga intildi. 
Mamarasul Boboev Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida 1911 yili tug‘ildi. U 
dastlabki ma’lumotni Navoiy nomli maktabda oldi, Shoir 1927 yilning kuzida Buxorodagi 
xo‘jalik texnikumiga o‘qishga kirdi. 
1934—1938 yillarda Mamarasul Boboev Toshkent davlat pedagogika instituti til va 
adabiyot fakultegning sirtqi bo‘limini tamomladi. 1939 yilda «Guliston» jurnalida uning 
«Ulug’bek» nomli tarixiy poemasi bosilib chiqdi. 
Ulug‘ Vatan urushi shoir uchun sinov yillari bo‘ldi. U 1941-1946 yillarda vatan 
mudofaasida qatnashib, Eronda xizmat dildi. 
«Vatan sha’niga» (1939), «Shodiyona» (1951), «Sevgan qo‘shiqlarim» (1959), 
«Yangra rubob» (1961), “Ayni yoz” (1961), «Yuragimning aytganlari» (1963) singari 
qator she’riy to‘plamlarning muallifidir. 
Lermontov, Nekrasov. Simoyov, Surkov, Vurg’un, Qulitev,; Shchipachev, Musa Jalil, 
Tumanyan, Rasul Hamzatov kabi shoirlarning asarlari Mamarasul Boboyov tarjimasida 
o’zbek kitobxonlarida borib yetdi. Uning “Eron osmoni ostida” turkum she’rlari horijiy 
sharq mavzuidagi eng yaxshi asarlar sirasiga kiradi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
52
USMON NOSIR 
(1912-1944) 
30-yillarning ko‘zga ko’ringan, el og’ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 
yil 13 noyabrda Qo‘qon shahrida hunarmand oilasida dunyoga keldi.
Bolaligi bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab 
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining Til va adabiyot fakultetida 
Amin Umariy, hasan Po'latlar bilan birgalikda tahsil oldi. 
Usmon Nosirning ilk she’rlari universitetda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda 
ko‘rina boshlagan edi. Natijada shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar 
satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy 
to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» poemalari hamda «Atlas» she’riy dramalari birin-
ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O’zbekistondagi fuqarolar urushi 
mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari 
kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashini aks ettiruvchy «Nil va Rim» kabi 
poetik asarlari tarix va xalq mulki bo‘lib qoldi. 
Usmon Nosir she'riyati, avvalo, hayotiyligi, qolaversa, jozibali va isyonkorligi, ayni 
chog'da sodda va ravonligi bilan tezda kitobxon qalbidan chuqur joy egallaydi. Shundan 
bo'lsa kerak, shoir she'rlari hamon davralarda tez-tez yoddan aytiladi: 
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo‘r etding,
Ko‘zimga oyni berkitding
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu ko‘krak.
Sevinchim toshdi qirgoqdan
Tilim charchar, ajab gohi
Seni tarjima qilmoqdan. 
Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida 
Pushkiniing «Boqchasaroy fontani» poemasi, Lermontvaning «Demon» («Iblis») asari 
o’zbek kitobxonlarining qalbiga yetib brogan. 
Samimiy, jo‘shqin, lirik iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini 
hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘onlik davrining qurboilaridan biri sifatida yosh 
umrini sho‘ro lagerlarida azob-udubatda o'tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan. 
Shoir nomi yoshlik, kurash, go‘zallik kuychisi bo‘lib, o‘zbek xalqi qalbida abadiy 
yashaydi. Ha, shoir o‘zi aytganidek: 
Ming yillardan keyin ham
Unutma meni bog'im.
She’rlarim yangrab qolur...
Bir umrga o‘lmayman,— 
deganda haq edi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin