www.ziyouz.com кутубхонаси
16
turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosilib bordi.
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O’tgan kunlar» romani uchun material
yig’ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob»
jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O’tgan kunlar» uch bo’lim holida
kitob» bo’lib nashr etildi.
1928 yil yozuvchining ikkinchi tarixiy romani «Mehrobdan chayon» nashrdan chiqdi.
1934 yilga kelib Abdulla Qodiriy qishloq xo’jaligi mavzuiga bag’ishlangan «Obid ketmon»
qissasini yaratdi. Undan tashqari u Gogolning «Uylanish», Chexovning «Olchazor» va
boshqa g’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o’zbek tiliga tarjima qildi.
Abdulla Qodiriy 1934 yilda bo’lib o’tgan Moskvadagi Butunittifoq Yozuvchilarining
birinchi qurultoyida qatnashadi.
U «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o’g’ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish
orzusida bo’lgani ham ma’lum. Ammo bevaqt o’lim orzulari ro’yobga chiqishiga imkon
bermadi.
Abdulla Qodiriy 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olindi. «Menga qo’yilgan ayblarni
boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo’lida hech qanday jazodan, qiynoqdan
qo’rqmayman. Agar otmoqchi bo’lsalar, ko’kragimni kerib turaman...» Abdulla Qodiriy
1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otildi. Uning asarlari XX s’ezddan so’ng, 1956 yildan
boshlab yangidan nashr etila bordi. 1990 yilda Respublika prezidenti Farmoni bilan A.
Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta’sis etyldi. 1991 yilda esa A. Qodiriyga
Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi.
Hozirgi kunda esa bir qator ko’chalar, bog’lar, maktablar, kutubxona, mahalla va oliy
bilimgohlar uning tabarruk nomi bilan yuritiladi. Uning nomidagi Toshkent Davlat
Madaniyat oliy bilimgohida eng bilimdon talabalarga Abdulla Qodiriy nomidagi nafaqa
beriladi. Uning 100 yillik tavallud (1994) sanasiga yetti jildlik to’la asarlari nashr etilish
arafasida.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993