www.ziyouz.com кутубхонаси
15
ABDULLA QODIRIY (1894-1938) O’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil
10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi.
«Har holda bemavridroq bo’lsa kerak, kambag’al, bog’bonlik bilan kun kechirguchi bir
oilada ... tug’ilg’onman», deydi u o’z tarjimai holida, — Yoshim to’qqiz-o’nlarga
borg’ondan so’ng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda
o’qib, keyin vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o’n ikki
yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo’jayinim o’zi savdogar kishi bo’lub,
o’rischa yozuv-chizuv bilaturg’on odamga muhtoj edi. Shu ta’ma bo’lsa kerak, meni o’ris
maktabga yubordi... 1912 yilda manfaktur bila savdo qiluvchi bir kishiga yiliga 50 so’m
barobariga prikazchik bo’lub kirdim...
Shu miyonalardan bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadirg’on gazetalarni o’qib,
dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913 yilda o’zbekcha «Sadoi
Turkpston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap
yozyb yurish fikri uyg’ondi. 1913 yilda chiqqan «Padarkush» ta’sirida «Baxtsiz kuyov»
degan teatr jitobini yozib yuborg’animni o’zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana
shu yilda teatrlarda chiqib turg’on hikoya va ro’monlarga taqlidan «Juvonboz» otliq
hikoyachani yozib noshir topilmag’onidan, o’zim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan
yiqilg’ondan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko’ngilli bo’lib yozildim...
1918 yil boshlarida eski shahar oziq komiteti boylar qo’lidan olinib, komitetning
raislig’iga o’rtoq Sultonxo’ja Qosimxo’jayev tayin qiling’on edi va men mazkur
komitetning o’zbekcha sarkotibligiga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining
ismidan chiqarilmoqchi bo’lg’on «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandim...
Shu kungacha Sho’ro idoralarida qilgon xizmatlarimni birma-bir sanab o’ltirishim
uzoqqa cho’ziladurg’on bo’lg’onlikdin mundan keyin muassasa ismlarinigina atash bilan
kifoyalanaman: «Ro’sto» devoriy gazetasiga muxbir bo’lib, «Ishtirokiyun» va «Qizil
bayroq» gazetalarida sotrudnik... «Mushtum» jurnalining muannisi va tahririya a’zosi
bo’lib, to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o’tgan yetti
yil orasida Sho’rolar hukumati va firqadan bir og’iz tanbeh olmadim. Xulosa —
boshqalarning xizmati daftar bilan sobit bo’lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan
ravshandir... Ishchi-dehqonlar yozg’on asarlarimni suyunib o’qiydilar va meni
yozuvchilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon o’qirlar va unutmaslar...»
Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913—1914 yillarda boshlangan bo’lib, dastlab u shoir
sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To’y» (1914-1915) kabi
she’rlari «Oina» jaridasida bosilib chiqqan edi. U o’z millatini ma’rifatga chaqiradi,
ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. «Baxtsiz kuyov» (1915) nomli
fojeasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1916) kabi hikoyalarida ham o’z xalqini savodli,
bilimli, madaniyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turadi.
1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi.
Moskvadan qaytib «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo’lib ishlay boshladi. Uning
«Toshpo’lat tajang nima deydi?» va «Kalvak mahzumying xotira daftaridan»
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993