Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
11
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY 
(1889-1929) 
Yangi davr o’zbek adabiyoti yalovbardorlaridan biri, yetuk shoir va bastakor, 
dramaturg va rejissor, ma’rifatchi va matbaachi, publitsist va jamoat arbobi Hamza 
Hakimzoda Niyoziy 1889 yil 7 martida Qo’qon shahrida tabib oilasida tug’ildi. Otasi Ibn 
Yamin Xolboy o’g’li (1840—1922) Muqimiy, Furqat kabi allomalar bilan maslakdosh 
bo’lgan zamonasining ilg’or ziyolilaridan edi. Onasi Jahonbibi Rabiboy qizi (1858—1903) 
ham tabobatdan xabardor savodli ayol bo’lgan. 
Hamza avval eski maktab va madrasalarda o’qib arab, fors, turk tillarini mukammal 
bilgan. Rus-tuzem maktablarida esa rus tilini o’rganishga muvaffaq bo’lgan. Mana shu 
ijodiy muhit uni erta ijodga yetaklagan. U 1902 yildagi Andijon zilzilasi haqida: 
Yomonlar pul tufayli e’tibor oldi diyor ichra,
Faqir bechoralar qoldi fig’onu ohu-zor ichra,— 
deya davr zulmi, fojeasidan zorlangan edi, Hamza 1903—1904 yillar orasida 197 ta 
she’r yaratib, uni «Devoni Nihoniy» nomi bilan chop ettiradi. Undagi she’rlarda ham o’z 
xalqining himoyachisi, zulmga qarshi isyon ko’targan yosh adib sifatida namoyon bo’ladi. 
U: - Boshida posboni yo’q deb, yetim ahlini qaqshatma, — deya xitob qiladi. Shunday 
qilib, u demokratik adabiyotning yosh bir vakili sifatida ko’zga tashlanadi.
1910-1916 yillarda u Behbudiy, A. Avloniy, A. Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va Mirmuhsin 
Fikriy kabi ma’rifatparvar adib sifatida namoyon bo’ladi. Bu uch yo’l bilan amalga 
oshiriladi. Avvalo, yetimlar maktabini ochib, muallimlik qiladi. Qolaversa, mazkur 
maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O’qish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar ham 
yaratadi. Va, nihoyat, o’zining she’r va dramalarida, publitsistik maqolalarida o’z xalqini 
ma’rifatga chorlaydi. Shu maqsadda uning 1914 yilda «Sadoi Turkiston», «Sadoi 
Farg’ona» kabi ro’znomalarda, «Oina» jaridasida ma’rifatga chorlovchi ocherk va 
publitsistik maqolalari chiqadi. Uning «Bid’atmi, ma’jusiyatmi?» (1914) ocherki shular 
jumlasidan edi. 1915—1916 yillarda nashr etilgan «Milliy ashulalar», «Oqgul», «Qizil 
gul», «Pushti gul», «Sariq gul» kabi she’riy to’plamlarida va «Yangi saodat», 
«Uchrashuv» kabi romanlarida ana shu ma’rifatga chorlov asos bo’lgan. Shuningdek, 
uning «Ilm hidoyati», «Normuhammad domlaning kufr xatosi», «O’ch» va «Zaharli 
hayot» (1916) kabi ilk dramalarida ham zulm va xurofot avj olgan davrda o’z xalqining 
ilmga-ma’rifatga intilishini ulug’laydi. Ayni chog’da xotin-qizlar ozodligini kuylaydi. 
Hamza ijodida 1916 yilgi mardikorlikka olish tarixi ham o’z izini qoldirdi. Uning 
«Safsar gul» (1917) she’riy to’plami va «Loshman fojeasi» (1916-1918) trilogiyasi shu 
jihatdan muhimdir. Shu tufayli ta’qibga uchrab, adib 1917 yillar boshidan oxirigacha 
Turkiston va Toshkentda yashaydi. Bu davrda uning «Toshkentga sayohat» (1917) 
komediyasi yuzaga keladi. Nihoyat uning «Boy ila xizmatchi» dramasi (1917) yaratilib, 
unda inqilobiy g’oyalar ilgari suriladi. 1917 yilda chiqa boshlagan «Kengash» 
oynomasida ham faollik ko’rsatadi. U ta’qidlangach, «Hurriyat» oynomasini chiqara 
boshladi. 
Ma’lumki, 1917 yil 25 aprelda «Ulug’ Turkiston» ro’znomasida Hamzaning «Turkiston 
muxtoriyatina» nomli she’ri bosiladi. Unda «To’rt yuz yillik Romanovlar» sulolasining 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin