Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
12
taxtdan ag’darilishi va rus-burjua demokratik inqilobining g’alabasidan mamnunlik 
seziladi. «...1917 yilning 28 mayida Qalandarxonada to’rt yuzga yaqin rabochiylarni 
to’plab, zo’r namoyish»ga boshchilik qiladi. O’sha yiliing oktyabr oylarida esa butkul 
inqilobiy kurashga o’tadi. Shu davrda uning «Shundoq qolurmu, qolurmu?», «Muxtoriyat 
va avtonomiya» kabi asarlarida shu hol ko’zga tashlanar edi. 
Hamza Hakimzoda 1918-1923 yillar mobaynida jumhuriyatning deyarli barcha 
viloyatlarida maktab-maorif va madaniy qurilish ishlari bilan band bo’ldi. Qizil Armiya 
frontida (1920) targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Xuddi shu davrda u inqilobiy shoir, 
dramaturg sifatida keng tanildi. «Yasha, Sho’ro!», «Hoy, ishchilar!» kabi she’rlari, «Kim 
to’g’ri» (1918), «Tuhmatchilar jazosi» (1918), «G’olibiyat» (1923-1924), «Saylov 
oldida», «Burungi saylovlar» (1926), «Maysaraning ishi» (1926), «Paranji sirlari» 
(1922), «Jahon sarmoyasining oxirgi kunlari» (1927) kabi qator dramatik asarlar 
yaratdi. 
Hamza 1928 yil avgust oyida Shohimardonga yuboriladi. U yerda maktab, maorif 
ishlari, xotin-qizlar ozodligi masalalari bilan shug’ullandi. 1929 yil 18 martda reaksion 
to’da shoirni toshbo’ron qnlib o’ldiradi. 1926 yil 27 fevralida unga «O’zbekiston xalq 
yozuvchisi» unvoni berilgan. Xamza asarlari jahon xalqlari tillariga tarjima bo’lgan va 
nashr etilgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy nomida shahar, tuman, maktab, ko’cha, teatr, 
jamoa va kutubxonalar, metro bekati bor. 
Hamza hayoti va ijodi haqida hozirgi adabiyotshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. 
Keyingi yillar hamzashunosligida Hamza tarjimai holining ilgarigi an’anaviy tadqiqiga 
qarama-qarshi fikrlar ilgari surilmoqda. Vaqt eng yaxshi sinov. Hamza sinovdan o’ta 
oladi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin