Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
71
SHUKRULLO 
(1921) 
O’zbek adabiyotining sermahsul ijod sohiblaridan biri Shukrullo (Shukrullo Yusunov) 
1921 yili Toshkentda dunyoga keldi. Boshlang’ich ta’limni olgach, pedagogika bilim yurti 
(1935), Toshkent Davlat pedagogika bilimgohida (1944) hamda Toshkent Davlat 
dorulfununi qoshidagi aspiranturada tahsil ko‘rdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 
adabiy maslahatchi, badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi. 
Shukrulloning birinchi she’ri «Baxt qonuni» 1939 yilda, dastlabki she’riy to’plamlari — 
«Birinchi daftar», «Qalb qo‘shiqlari» 1949 yilda nashr etildi. O’zbek paxtakorlarining 
mardonavor kurashi, yangi yerlar ochishdagi fidokorona mehnatlaridan hikoya qiluvchi 
«Chollar» (1948) asari bilan u she’riyatimizda dostonchilik janrini rivojlantirishga muhim 
hissa qo‘shdi. Davrimizning yuksalish yo‘lidagi muhim pog’onalari, o‘zbek dehqonlarining 
fidokorona mehnati, xalqlar do‘stligini kuylash, zamonamiz kishilari ongida Vatan 
tushunchasining muqaddasligini ifodalash uchun «Rossiya», «Ikki qoya», «26 
tongotari», «Dostonlar» (1970) kabi asarlariga mavzu bo‘lgan. 
Adib ijodida insonning ma’naviy kamolotini kuylash birinchi o‘rinda turadi. U 
asarlarida dastlab hayotimizdan chetda qolganlarni qattiq qoralaydi, kishilarni inson 
degan sharafli nomga munosib bo‘lishga chaqiradi, insonni ulug‘lovchi fazilatlarning eng 
buyugi mehnat deb biladi. Uning bu fikrlari «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson 
va yaxshilik» (1961), «Inson — inson uchun» (1964) she’riy to‘plamlarida o‘z ifodasini 
topgan. 
Shukrullo bolalar uchun ham ijod qildi. Uning «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» 
(1964) kabi kitoblarida do‘stlik, Vatanga muhabbat, ona yurt tabiatini ulug‘lash g‘oyalari 
tarannum qilinadi. 
Shoirning «Rossiya», «Ikki qoya», «Ikki yoshlik» singari she’riy to‘plamlarini qardosh 
va xorijiy xalqlar o‘z ona tillarida sevib o‘qiydilar. Adib dramatik asarlar ham yaratdi. 
Uning «Xatarli yo‘l», «Tabassum o‘g‘rilari» (1977), «O’g‘rini qaroqchi urdi» (1984) 
dramalari respublikamiz teatrlari sahnasida namoyish qilingan. 
Shukrullo “Zarralar” (1973), «Suyanchiq» (1977), “Yashagim keladi” (1978), «Sening 
baxting» (1986), she’riy majmualarini hamda «Kafansiz ko‘milganlar» romanini 
o’quvchilar hukmiga havola etdi. U o‘zining “Zarralar” to’plamida o‘zbek she’riyatidagi 
ruboiy janrini yangi mazmunda davom ettiradi. Ularda hayot saboqlaridan chiqariladigan 
katta mazmundagi xulosalarini ixcham, lo’nda ifodalab berdi. 
U o’zining “Toshkent, 26 tongotari» dostoni uchun Respublika Davlat mukofotiga 
sazovor bo’lgan. 
Shukrullo ham qatagonlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg’a 
etilgan o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og’ir azob-uqubatlarni o‘z 
boshidan kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir. Uning «Kafansiz ko‘milganlar» romani 
ana shu voqealarning badiiy ifodasidir. Shukrullo ham ijodkor, ham jamoat arbobi, ayni 
paytda O’zbekiston Prezidentlik Kengashi a’zosi vazifasida faollik ko’rsatmoqda. U 
O’zbekiston xalq shoiridir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin