www.ziyouz.com кутубхонаси
72
MIRMUHSIN (1921) O’zbek sho‘ro she’riyati va nasrining tanilgan vakillaridan Mirmuhsin Mirsaidov 1921
yili Toshkentning Qo‘rg’ontegi mahallasida, kulol oilasida dunyoga keldi. O’rta maktabni
tugatib, 1933 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida shoir
Shuhrat, Shukrullolar bilan birga o‘qidi.
«Ispan yigiti», «Sheralining mardligi», «Olov bolalar» kabi hikoyalari (1936),
«Kamar» (1939) dostoni adib ijodining ilk mevasi sifatida ahamiyatli.
Mirmuhsin institutni tugatgach, (1941) o‘rta maktabda, radio, ro‘znoma va
oynomalarda ishlab keldi. Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning qahramonligi
adabiyotning bosh mavzusi edi. Shoirning «Panfilovchi» she’ri, «Er yurak» (1942)
to‘plami o‘sha davr mahsulidir. Shoir ijodining kamoloti Ulug’ Vatan urushidan so‘nggi
davrga to‘g’ri keladi. «Vafo» (1950), «Irmoqlar» (1961), «Qalb va falsafa» (1963)
singari to‘plam va balladalarida, «Ziyod va Adiba» (1958) she’riy romanida zamonamiz
kishilarining ma’naviy qiyofasi, Vatanga bo‘lgan munosabatlari bosh mavzudir.
Shoirning «Usta G’iyos», «Do‘nan» (1947), «Yashil qish», «Qadrdonlar» (1954)
poemalarida o‘zbek dehqonlarining mardonavor mehnati ulug‘lanadi. Adibning
“Dorbozlar” (4956) hikoyasida o‘zbek milliy xarakteri an’anavy san’ati jozibador
ifodalansa, «Jamila» (1957) qissasi adabiyotimizdagi xotin-qiz qahramonlar gallereyasini
boyitdi. «Hikoyalar» (1959), «Qizil durrralar» (1961), “Sozanda” (1963) kitoblarining
tematik doirasi keng bo’lib, voqealar realistik bo‘yoqlarda berilgan.
Uning “Oq marmar” (1958), «Cho‘ri» (1959), «Tungi chaqmoqlar” (1964) povestlari u
shoirgina emas, mohir nosir ekanligini ham namoyish etdi. Shuningdek, Mirmuhsin 60-
70-yillarda turli mavzularga bag’ishlangan yirik polotnolar yaratdi. «Chiniqish» (1970),
«Umid» (1969) “Degrez o‘g‘li” (1972) romanlari shular jumlasidandir.
Asrlar osha yashab kelgan tarixiy yodgorliklar va ular ijodkorlarining adabiy
barhayotligini tasvirlovchi “Me’mor” (1974) romani keng jamoatchilik tomonidan
mamnuniyat bilan kutib olindi.
Mirmuhsin 80-yillarda ham barakali ijod qildi. Bu davrda uning «Chodirli ayol»,
«Chotqol yo‘lbarsi», “ildizlar va yaproqlar”, «Temur Malik», «Ilon o‘chi»,
“Movarounnahr” kabi qator asarlari o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi.
Mirmuhsin 300 dan ortiq nasriy va nazmiy kitoblar muallifidir. Uning asarlari turli
tillarga tarjima qilingan. Alohida kitoblari Rossiya, Ukrainada, qo’shni respublikalarda?
Misr va Angliyada nashr qilingan.
Mirmuhsin Pushkin va Ler,ontov asarlari tarjimonlaridan biri. U 1974 yilda «Umid»
romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
O’zbekiston xalq yozuvchasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi,
O’zbekiston xalq maorifi a’lochisi Mirmuhsin hukumatning bir qator orden va medallari
bilan taqdirlangan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
73
Mirmuhsin «Guliston» oynomasiga muharrirlik qilish bilan birga asarlar ustida qizg’in
ish olib bormoqda.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993