www.ziyouz.com кутубхонаси
78
ZOHIDJON OBIDOV (1923) Jangchi shoir Zohidjon Obidov 1923 yili Teshkentda tugilgan. U o‘rta maktabni tugatib
oliy o‘quv yurtiga emas, frontga – jangga otlandi. Leningrad janglarida, qamal holatida
o’sha yurt uchun jonini fido etdi. Yarador bo‘lib qaytdi.
Shundan so‘ng Toshkent Davlat dorilfununiga o‘qishga kirada. Tugatgach, Namangan
pedagogika institutida dars beradi.
Ayni chog’da viloyat yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qiladi. O’zbekiston
Yozuvchilari uyushmasida, G’afur G’ulom va “Yosh gvardiya” va “Mushtum” oynomasida
faoliyat ko’rsatadi.
U shoir sifatida 50-yillardan beri ijod qilib keladi. Shu damgacha yigirmadan ortiq
she’riy to’plamlari e’lon qilingan. Jumladan, “Yaxshi niyat” (1957), “Yangi oyning o’rog’i”
(1961), “Oshiq ko’ngil bilan” (1963), “Xitoydan sovg’a” (1963), “Tong yulduzlari”
(1965), «Ko‘ngil navosi» (1968), “Xandalarim” (1969), «Umid to‘lqinlari» (1972),
“Yurakdagi mavjlar” (1973), «Kuygan kuyov» (1973), Tanlangan asarlar (1974),
«Talpinur dil» (1977), “Qo’lingni ber” (1979), «Ko‘ngil taronasi» (1983), “Kuyla dilkash
dutorim” (1984), «Dilrabosan» (1984), “Bahshida” (1985), «Senga talpinaman» (1990),
“Qanotli qo’shiqlar” (1991), kabi kitoblari bosilgan. Agar ushbu to‘pdamlarga kirgan
she’rlarni chuqurroq ko‘zdan kechirsak, undagi bir xil she’rlar qo‘shiq bo‘lib yangraydi,
bir xillari hashviya sifatida kulgiga yetaklaydi, yana bir xili zamon va zamondoshlarnpng
o‘y-fikrlarini ifoda etishini ko‘ramiz. Ayni chog‘da mazkur she’rlarning ko‘pchiligi rus va
o‘zga tillarga ham tarjima bo‘lgan.
Zohidjon Obidov M. Lermontov, T. Shevchenko. M. Bajan, R. Hamzatov, S. Mixalkov
kabp mashhur shonrlar asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjnma qilgan. U urush faxriysi,
qo‘sha-qo‘sha orden va medallar sovrindori, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat
xodimi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993