Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
101
YO’LDOSH SULAYMON 
(1935) 
Samimiy va beg‘ubor tuyg‘ular bilan adabiyotimiz xazinasini boyitayotgan adiblardan 
biri Yo‘ldosh Sulaymondir. U 1935 yilda Qo‘qonning Oydinbuloq qishlog‘ida tavallud 
topgan. O’rta maktabni bitirgach, yoshlar yetakchisi, muallim bo‘lib ishlagan. 1960 
yillarga kelib Farg‘ona Davlat pedagogika institutini tugatgan. Shundan so‘ng uch 
sohada — maktabda, madaniyat o‘choqlarida, ro‘znomalarda turli lavozimlarda faoliyat 
ko‘rsatgan.
U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Farg‘ona bo‘limini ham boshqargan. Hozirgi 
kunda esa «Adolat» ro‘znomasida mas’ul vazifani ban«aradi. Uning ijodi 50-yillardan 
boshlangan bo‘lib, shu kungacha o‘n beshdan ortiq she’riy, nasriy to‘plamlari hamda 
«Subhidam» (1973), «Vafo» (1979) kabi romanlari chop etilgan. 
Yo‘ldosh Sulaymon avvalo bolalar shoiri sifatida adabiyotimiz qutlug‘ dargohiga kirib 
kelgan. Uiing «Biz sayohatchilarmiz», «Hamma havas qiladi», «Rahima-chi, vahimachi» 
kabi she’riy majmualari, beg‘ubor bolalik, beg‘araz do‘stlik, samimiylik, tabiatga mehr-
muhabbat tuyg’ulari bilan to‘lib toshgandir. 
Yo‘ldosh Sulaymon publitsist, ocherknavis va hikoyanavis sifatida ham barakali ijod 
qilib keladi. Uning «Katta yo‘lga chiqquncha», «Da’vatingni eshityapman, hayot» 
(1967—1971) kabi ocherklari va «Boqiy umr» kabi hujjatli qissalari o‘zining badiiy 
puxtaligi, hayotiyligi, ehtirosli his-tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, 
adibning «Sen mening quyoshimsan» nomli ocherklar to‘plamiga kirgan asarlari o‘zining 
tarixiyligi, realligi bilan e’tiborlidir. Unda asrlar mobaynida suv, erk, yer, Vatan uchun 
olib borilgan jangu jadallar qatnashchisi bo‘lgan ona xalq haqidagi samimiy tuyg‘ular 
kitobxon qalbiga chiroq tutadi. 
Yo‘ldosh Sulaymon qaysi janrda, qanday mavzuda va kim uchun yozmasin, uning ijod 
tajribalari adibning «Subhidam» va «Vafo» romanlarining yaratilishida bir mahorat 
maktabi bo‘lib xizmat etdi, desak xato bo‘lmas. Shu jihatdan uning har ikki romani 
adabiyotimiz taraqqiyotida ham, yozuvchi ijodida ham sezilarli iz qoldirdi. Har ikki 
asarda ham yurtimizning, xalqimizning Oktyabr to‘ntarishi davri hayoti, kurashi, 
qurbonlari, orzu-umidlari, intilishlari keng jabhada ifodasini topdi. Xususan, «Subhidam» 
romaiidagi voqealar ancha tirband, murakkab, syujet chizig‘i ham shunga yarasha jiddiy. 
Unda 20-yillar o‘lkamizdagi siyosiy-ijtimoiy hayot fonida ikki sevishganlarning judolik 
azobida, ayriliqda ezilishi, ruhiy dramalari umumlashtirilgan. Undagi bosh qahramon 
Qo‘ldoshali mana shu ijtimoiy kurash yillarida o‘z sevgilisi Saodatni yo‘qotib qo‘yadi. 
Qo‘ldoshali dushmanlari esa Saodatni o‘z boy otasi bilan xorijga o‘tib ketgan deb 
aldashadi. Qo‘ldoshali ham sevikli yori dardi bilan Afg‘onistonga o‘tadi. Yozuvchi 
Qo‘ldoshalining musofirchilikda tortgan azob va iztiroblarini, yor dardida kuyganligini 
ishonchli tasvirlaydi. Qo‘ldoshali musofirchilikda bo‘lsa ham o‘z eli, yurti, ona Vatani, 
yoriga bo‘lgan muhabbati va sadoqatiga sodiq qolishi vafo jilovini tuta olganligini 
ko‘rsatadi. 
Hamisha xushchaqchaq, chehrasidan tabassum arimaydigan beg‘ubor va samimiy 
qalbli adib hozirgi kunda yangi ijodiy ejalar bilan band. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin