Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
95
XUDOYBERDI TO’XTABOYEV 
(1933) 
O’zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi 
To‘xtaboev Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi. U o‘rta 
maktabni bitirgach, O’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida (1950—1955) ta’lim 
oldi. U ko‘p vaqt «Toshkent haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston» 
oynomasida bo‘lim muharriri va boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1972—1977 yillarda «Yosh 
gvardiya» nashriyotida bosh muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida muharrir 
o‘rinbosari, hozir esa «Yosh kuch» oynomasining bosh muharriridir. 
Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» 
nomli hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, 
«Sir ochildi» (1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr 
qilinib, keng kitobxonlar ommasining mehr-muhabbatini qozondi. 
U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan 
mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan 
kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu jihatdan Xudoyberdi 
To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), 
romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli 
hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin 
boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» 
(1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. 
O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991). 
Xudoyberdi To‘xtaboyev bolalar adabiyotining chinakam jonkuyari sifatida «Kamalak» 
nashriyotida muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Bu ijodkor nomi o‘zbek 
jurnalistikasida A. Qodiriy, K. Aliev, V. Mahkamov, U.Yusupov singari feletonchilik 
borasia ham ma’lum va mashhur. Uning o‘tkir feletonlari 60—70-yillar publitsistikasining 
ajoyib namunalari sifatida jamiyatimizning salbiy illatlaridan qisman tozalanishida o‘z 
amaliy hissasini qo‘shgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin