Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
23
G’AFUR G’ULOM 
(1903—1966) 
O’zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, Ittifoq Davlat va Lenin 
mukofotlarining laureati G’afur G’ulom 1903 yil 1 mayda Toshkent shahrining 
Qo’rgontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug’ildi. To’qqiz yoshida otasidan yetim 
qolgan G’afur avval eski maktabda, so’ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi.
U Oktyabr to’ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi 
usuldagi maktablarda o’qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, 
so’ng «Kambag’al dehqon», «Qizil O’zbekiston», «Sharq haqiqati» ro’znoma 
muharririyatlarida ishladi. Ro’znoma uning uchun dorilfunun rolini o’ynadi, xalq hayotini 
o’rganish, unda faol aralashish yo’lida muhim vosita bo’ldi. 
Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o’tmish sarqitlarini 
qoralovchi hajviy she’rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan 
jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo’shiqlar» nomli dastlabki she’riy to’plamlari 1931-1932 
yillarda chop etildi. 
Shoir liro-epik janrlarida (1930-1935) «Ko’kan» poemasini, «To’y», «Ikki vasiqa» 
balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlarida, xususan, biz ko’p yillar 
kollektivlashtirish mavzuidagi eng yirik liroepik janrdagi asar deb maqtab kelgan 
«Ko’kan» poemasi hozirgi kun talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, 
poemada boshdan oyoq maqtalgan kollektivlashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari 
qatorida cheksiz zulm — fojealarga ham sabab bo’lganligi bor bo’yicha realistik 
ifodalanmagan edi. Mustaqillik davri o’tmish tarixiga yaqindan haqiqat ko’zgusida 
boqishni taqozo etgach, bunday nuqsonlar ma’lum bo’lib qoldi. Xuddi shunday hol uni 
partiya, ona Vatan, V.I.Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham seziladi. Shu tufayli 
shoir ijodini zarracha kamsitmagan holda unga tanqidiy yondashishni taqozo etadi. 
30-yillar G’afur G’ulom hikoya, ocherk, fel’etonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan 
murda» kabi qissalarini ham o’z kitobxoniga taqdim etdi. 
Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o’z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga 
qarshi kurashayotgan xalqqa, uning muqarrar g’alabasiga bag’ishladi. U «Sen yetim 
emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog’inish» kabi she’rlarini ijod qildi
publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g’alabasiga otlantirdi. 
So’nggi yillarda G’afur G’ulomning 20 ga yaqin she’riy to’plamlari chop etildi. Ayniqsa, 
shoirpning «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram 
bo’lajak», «Vaqt», «Onalar» singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos 
etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan. 
G’afur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan 
kelayotirman» to’plami uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Adibga 
vafotidan so’ng «Lenin va Sharq» mavzusidagi asarlari uchun Lenin mukofoti (1973) 
berildi. G’afur G’ulom o’z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil 
Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar 
bilan taqdirlangan. U O’zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi (1943) edi. 60 yillik 
yubileyi munosabati bilan unga O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Shoirning 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin