www.ziyouz.com кутубхонаси
18
to’kib soladi. To’plam besh bo’limdan iborat bo’lib, «Sharq uchun», «Sezgilar», «Sevgi»,
«Qora yo’llar» va «Qor qo’ynida» deb nomlanadi. Shoirning o’zi qayd etishicha, mazkur
she’riy guldasta «Jahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq o’lkalariga
bag’ishdanadir». Jumladan, «Amirning o’limi» she’rida shunday misralarni o’qiymiz:
Ko’nglimda yig’lagan malaklar knmlar, Sharqning onalari, juvonlarimi? Qarshimda ingragan bu jonlar kimlar, Qullar o’lkasining insonlarimi? Cho’lpon 1925 yillarga kelib «Muhit kuchli ekan, egdim bo’ynimni» deya ijod sohasida
qarashlarining o’zgarganligini e’tirof etadi. Uning «Mening tovushim», «Kuz», «Buzilgan
o’lkaga», «Yupatmoq istagi» kabi dardchil she’rlari yoniga «Qizil bayroq», «Xalq»,
«Qo’zgolish», «Qor», «Bir tilla qo’ng’iz», «Yaproq uchun» kabi umidli, armonli va fayzli
she’rlari qo’shildi. Shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq she’riy asarlar o’z xalqi, yurti, baxti,
kelajagi, mustaqilligi, ozodligi haqidagi kurashning adabiy solnomalaridandir.
Cho’lpon yetuk lirik shoirgina emas, yirik nosir sifatida o’nlab publitsistik maqolalar,
ocherk va hikoyalar, «Qor qo’ynida lola», «Yov» qissalari va «Kecha va kunduz» (1938)
kabi ajoyib romanining birinchi («Kecha») qismini nashr ettirgan iste’dodli adib hamdir.
U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang», «Cho’rining
isyoni» kabi kichik p’esalari, «O’rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo’r» kabi yetuk dramalari
hamda ko’p vaqt sahnadan tushmagan «Yorqinoy» p’esalari mashhur bo’lgan.
Shuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan.
Cho’lpon adabiy tanqid sohasida «Sho’ro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot
nedur?» kabi mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho’lpon mohir tarjimon
sifatida M. Gorkiyning «Ona», A. S. Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris
Godunov» kabi p’esalarini hamda V. Shekspnrnnng mashhur «Hamlet»ini o’zbekchaga
o’girgan.
Cho’lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatag’onlik siyosati qurboni bo’lgan. U
1937 yilning 14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan. 1956
yilda oqlanib, 1991 yildagina birinchi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxshi
she’riy asarlari to’plam holida nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning
kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O. Sharafiddinov) «Kecha va kunduz» romani o’rin
olgan.
Hozirgi kunda Cho’lpon nomida nashriyot, ko’cha, mahalla, kutubxona va maktablar
qo’yilgan. Uning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli qizlari va nabiralari Namanganda
yashaydi. Unga 1991 yil 25 sentyabrda «Yana oldim sozimni» kntobi uchun Alisher
Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993