www.ziyouz.com кутубхонаси
17
CHO’LPON (ABDULHAMID SULAYMON O’G’LI) (1897-1938) O’zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li
Yunusov — Cho’lpon 1897 yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida
dunyoga kelgan. Onasi uy bekasi bo’lgan. Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus
o’g’li (1874-1929) dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug’ullangan.
Taniqli jurnalist, yozuvchi va o’qituvchi Mo’minjon Muhammadjonovning (Mo’min
kofir) «Turmush urinishlari» kitobida qayd etishicha, Cho’lponning otasi Sulaymonqul o’z
davrining yetuk ziyolisi, ma’rifatparvar kishisi bo’lgan. U «Rasvo» taxallusi bilan she’rlar
yozgan. Mistik g’azallar qatori hayotbaxsh misralar yaratib, «Devon» ham tuzgan.
Cho’lpon avval eski maktabda, so’ngra esa Avdijon va Toshkentdagi obro’li
madrasalarda tahsil olib, turk, arab, fors tillarini mukammal o’zlashtiradi. Sharq ijtimoiy-
siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Dehlaviy, Nizomiy, Umar
Hayyom, Alisher Navoiy, Abdulla To’qay kabi buyuk so’z san’atkorlari ijodini mehr bilan
o’rganadi. Shu bilan birga, Andijondagi rus-tuzem maktabida rus tilini chuqur
o’zlashtirishi natijasida jahon adabiyoti durdonalari bilan yaqindan tanishish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Ayni chog’da Turkistonda 1905 yillarda kamol topa boshlagan
ma’rifatparvarlik yo’nalishi ta’sirida shakllana bordi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla
Avloniy kabi atoqli ma’rifat targ’ibotchilari va tashkilotchilariga ergashdi, ma’rifatchi adib
bo’lib shakllandi.
Cho’lponning ijodi 1913-1914 yillardan boshlanga bo’lib, u avval «Qalandar»,
«Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho’lpon (Tong yulduzi) taxallus bilan ijod qila
boshladi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida o’z xalqi adabiyoti ravnaqiga
salmoqli hissa qo’shdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona»
kabi mahalliy ro’znomalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan «Sho’ro» nomli
oynomada ham nashr etiladi. Xususan, Cho’lponning «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq»,
«Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi ro’znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy
shakllanishida mahorat maktabl bo’lib xizmat etdi.
Cho’lpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod dildi. 1914-1917
boshlarda «Bahor ovullari», «O’sh», «Vatanimiz Turkistonda temir yo’llar» hamda
«Do’xtir Muhammadiyor» asarlarnda madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisi sifatida
maydonga chiqdi. Oktyabr to’ntarishidan keyingi 1920-1924 yillarda hayotda sodir
bo’layotgan xush va noxush o’zgarishlarni qalamga oldi. Uniig «Yo’lda bir kunduz»,
«Yo’lda bir kecha», «Sharq poyezdi keldi», «Sharq uyg’ongan», «Chimkent», «Quturgan
mustamlakachilar», «Yo’l esdaligi» singari o’nlab sayohat ocherklari va publitsistik
maqolalari yaratildi. Mazkur asarlarda chorizm mustamlakachilari va mahalliy hokim sinf
yetkazgan jabru jafo yetmagandek, fuqarolar urushi davri ofatlari, fojealari, mehnatkash
xalqni yana bir bor jabrlaganligini qoraladi.
Cho’lpon 1922-1926 yillarda o’zining «Tong sirlari», «Uyg’onish» va «Buloqlar» kabi
uchta she’riy to’plamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib «Soz» va «Jo’r» kabш she’riy
to’plamlari tayyorlandi. Ammo «Soz»i chop etiladi-yu, «Jo’r» to’plami katag’onlik
shamoli tuzog’iga ilinib, qolib ketadi. Shoir to’plamlari orasida «Buloqlar» (1922) ajralib
turadi. Unda shoir yaxlit holda mazlum Sharq taqdiri fojeasi haqida o’z qarashlarini
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993