Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
14
HABIBIY 
(1890—1982) 
Zamonamizning ko’zga ko’ringan shoirlaridan biri Zokirjon Xolmuhammad o’g’li 
Habibiy yangi davrda mumtoz she’riyatimizning eng yaxshi an’analarini rivojlantirdi. U 
o’z g’azallari bilan xalqimizning umid va intilishlarini, ruhiy kamolotini ifodalab keldi. 
Habibiy 1890 yili Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Qo’qon qishlog’ida 
kambag’al dehqon oilasida tug’ildi. U eski maktabda, Andijon, Qo’qon madrasalarida 
ta’lim oldi. Navoiy, Fuzuliy, Muqimiy va Furqat razallarini mutolaa qildi, ularga ergashib 
she’rlar yozdi. Xususan 
Sharq adabiyoti an’analariga ergashdi. Sa’diyning sehrli, falsafiy she’riyati, buyuk 
Navoiyning hayotbaxsh ijodi, Fuzuliyning she’riy kalomi uni qo’llab-quvvatladi. 
1919 yilda Habibiy Andijonning Bo’taqora qishlog’ida yashab, dehqonchilik bilan 
shug’ullandi. Yigirmanchi yillarda xalq qo’shiqlari uslubida ko’plab she’rlar yaratdi. 
Habibiy o’z zamonasi mavzulari, kolxoz tuzumi, kanallar qurilishi, cho’llarni o’zlashtirish, 
Farhod GESining bunyod etilishi va boshqa yirik o’zgarishlarni qalamga oldi. 
Shoir ijodida ona Vatan va xalqimiz hayoti va kurashi, intilishlari haqidagi she’rlar 
yetakchi o’rinni ishg’ol etadi. U bir she’rida: 
Ey, hur Vatanim, toza tanu jon ila sevdim,
Jon ila tanu pokiza vijdon ila sevdim, — 
deya Sobir Abdulla, Charxiy, Chustiy kabi adiblarga hamohang jo’r bo’ldi. Shu g’oya 
uning «O’lkam», «Farhod qo’shigi», «Muborak yosh», «Inson aziz», «Ulug’ burch», 
«Chevarlar», «Muddao bilan» kabi she’rlarida o’z maromiga yetkazildi. 
Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir qalamini nayzaga aylantirdi. Uning bu davrdagi 
g’azallari orasida «Jangchi yigit qo’shig’i», «Boladan ota-onaga xat», «Onadan bolaga 
xat» kabi g’azallari, ayniqsa, xarakterli edi. Shuningdek, Habibiyning «Kolxozchilar 
ashulasi» (1951), «Ko’ngil taronalari» (1957), «Tanlangan asarlar» (1967), «Devon» 
(1971) kabi she’riy to’plamlari ham xalq e’tiboriga sazovor bo’ldi. 
Habibiy 1974 yilda 85 yoshga to’lishi munosabati bilan O’zbekiston xalq shoiri 
unvonini olishga muvaffaq bo’ldi. Zokirjon Habibiy o’zbek she’riyatining g’azal va 
qo’shiqchilik bobida o’ziga xos maktab yaratib, aruz vaznidan muvaffaqiyatli foydalangan 
katta iste’dod sohibidir. Shir 1982 yili 92 yoshida vafot etdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin